Yangiliklar

OTB O‘zsanoatqurilishbankka ipoteka va “yashil” moliyalashni rivojlantirish uchun kredit ajratadi


15.11.2023 17:24

Bu haqda 15 noyabr kuni Ozsanoatqurilishbank hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari ortasida bo’lib otgan uchrashuvda ma'lum qilindi.

Mablaglar OTBning Ipoteka kreditlash sektorini rivojlantirish dasturiga muvofiq “O‘zbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasi” AJ orqali taqdim etiladi va qator ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi.

Xususan, uy-joy ipotekalari, turar joylarni obodonlashtirish uchun kreditlar ajratiladi.

Uchrashuvda tomonlar "yashil" renovatsiya vositalarini ishlab chiqish, "yashil" moliyaviy mahsulotlarga bo'lgan talab, mahsulotlardan foydalangan holda muvofiqlikni sinovdan o'tkazish, "yashil" kreditlar olish uchun loyihalarni ishlab chiqish va "yashil" moliyani rivojlantirish kabi mavzularda fikr almashdi.

Shuningdek, muzokaralar davomida “yashil renovatsiya” vositasini bankning moliyalashtirish tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari va risklari ko'rib chiqildi.

https://youtube.com/shorts/_uYFbeprHqk?si=WNLoMelOj7Qx4udM

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 17.11.2023 17:25  
up