Все Кредиты
Joriy yilning 13-15-iyun kunlari Turkiyada qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida xalqaro ko‘rgazma-yarmarka bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari – “Parrandasanoat” uyushmasi Kengashi raisi Ya.Abdurazzoqov boshchiligidagi bir guruh mutaxassis hamda ishbilarmonlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash, mazkur tarmoqda eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda sohada yetakchilik qilayotgan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, ilg‘or texnologik-uskunalarni o‘zlashtirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkada yurtimiz tadbirkorlari parrandachilik uskunalari (tuxum va go‘sht yo‘nalishida parranda boqish, inkubatsiya), ozuqa yetishtirish hamda parranda kushxonasini barpo etish uchun zarur bo‘ladigan texnologik jihozlar, veterinariya xizmatlari hamda keng turdagi dori vositalari ishlab chiqaruvchi yetakchi chet el kompaniyalari tajribasini o‘rgandi. ATAK, ATAK-S, ATABEY kabi naslli tovuqlar misolida parrandalarni uy sharoitida parvarishlash sir-asrorlari o‘rganildi.
Tadbir doirasida Turkiya Parrandachilik uyushmasi rahbari, professor Axmet Ergun va Ruveyde Akbay bilan davra suhbati tashkil etilib, unda Turkiyadagi parrandachilik tarmog‘ining bugungi holati, erishilayotgan natijalar va sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar xususida fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida parrandachilik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Turkiya Parrandachilik uyushmasi va parranda veterinariyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Parrandachilik uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida parrandalarni so‘yish uskunalarini ishlab chiqaruvchi ALBERK kompaniyasi faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni bilan borib tanishildi.
Ta’kidlash kerakki, ko‘rgazma doirasida mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan xorijlik hamkorlar bilan uskuna yetkazib berish bo‘yicha jami 12 million 350 ming dollarlik shartnomalar imzolandi. Bu esa parrandachilik sohasiga energiya tejamkor, zamonaviy va samarador texnologiyalarni tatbiq etilishini yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.
Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkada qishloq xo‘jaligining chorvachilik, quyonchilik, asalarichilik kabi yo‘nalishlardagi yangiliklar va innovatsion texnologiyalar ham namoyish etildi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...