Все Кредиты
Joriy yilning 18-noyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan navbatdagi press-tur Andijon viloyatida jinsi matodan 250 turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi “Bobur XBK” korxonasiga boʻldi.
Davlatimiz rahbari raisligida shu yilning 7-noyabr kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida toʻqimachilik sohasida mahalliylashtirishni kuchaytirish va eksportni oshirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar, ishlab chiqaruvchilarga esa imtiyozlar berildi.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan sanoat korxonalari orasida mahalliylashtirishga oid qator loyihalarning faol tarzda moliyalashtirilayotgani alohida eʼtiborga molikdir.
Andijon shahrida “Bobur XBK” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi – shulardan biri.
Umumiy qiymati 38,8 mln. AQSH dollari boʻlgan ushbu loyiha uchun uzoq vaqt ishlamasdan, tashlandiq holga kelib qolgan bino “nol” qiymatda berilgan edi. Qisqa muddatda bu yerda jinsi matodan erkaklar, ayollar va bolalar uchun 250 turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi zamonaviy tikuv fabrikasi paydo boʻldi.
Korxonaga bank tomonidan jalb qilingan xorijiy kredit liniya hisobiga Yaponiya va Turkiya davlatidan texnologik uskunalar keltirib oʻrnatildi. 850 ta ish oʻrni yaratildi. Yiliga 1,5 million donadan ziyod tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
– Turkiya jahon toʻqimachilik sanoatining eng yirik ishtirokchisi, dunyoda kiyim eksport qiluvchi davlatlar orasida yetakchi oʻrinda ekanligi barchaga maʼlum, – deydi “Bobur XBK” MCHJ rahbari Hayrullo Ismoilov. – Shuning uchun zamonaviy biznes talablaridan kelib chiqib, Turkiya tajribasini orttirishga kirishdik. Ishlab chiqarishga muhandis, texnolog, bichuvchi, tikuvchi va dizaynerdan iborat turkiyalik mutaxassislarni jalb qildik. Oʻzaro kelishuvga koʻra ular ham amaliy, ham nazariy jihatdan koʻmaklashib kelmoqda.
Bugungi kunda fabrika mahsulotlarining 90 foizi “Diromm” brendi asosida Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinadi. 2021-yildan joriy yilning oktyabr oyiga qadar ushbu davlatlarga 2,8 mln. dollarlik mahsulot yetkazib berildi.
Jurnalistlar korxonadagi ish jarayoni, mahsulotlar namunalarini koʻzdan kechirdi. Mutaxassislar bilan suhbatda boʻlib, rejalari haqida bilib olishdi.
– Shu yil oxirigacha ishchilar sonini 1000 nafarga, ishlab chiqarishni oyiga 260 ming donaga hamda eksport borasida Yevropa bozorlariga chiqib, uning hajmini 31,2 mln. dollariga yetkazish niyatidamiz, – deydi Hayrullo Ismoilov. – Hozirgi kunda biz Rossiyaning yirik “JSC Melon Fashıon Group” kompaniyasi tarkibidagi “SELA MOMS”, “SELA KIDS”, “ZARINA”, “BIFIRI”, “SMENA” kabi mashhur brendga ega korxonalar bilan ishlayapmiz. Shuningdek, Germaniyada savdo uyini ochish harakatidamiz.
Anʼanaga koʻra, press-tur davomida Bankning Andijon mintaqaviy Bank xizmatlari ofisiga ham tashrif buyurildi. U yerda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, bank chanaka xizmatlari borasida aholining avtokredit va ipoteka kreditlarga qiziqishi ortgan. Joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida BXO tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 2021-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshgan.
Tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda Prezidentimizning 2020-yil 21-oktyabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga koʻra eksportoldi moliyalashtirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar ulushi oʻsgan. Hisobot davrida ushbu koʻrsatkich 1,8 mln. dollarni tashkil etgan.
BXO kredit qoʻyilmalari tarkibida sanoat sohasi 60,5 foizni, qishloq xoʻjaligi 13,1 foizni hamda chakana biznes 11,4 foizni tashkil qilgan.
Jumladan, 2022-2023-yillarda qurilish materiallari sanoatida ishga tushirilishi moʻljallangan 28 ta loyihadan 19 tasi tatbiq etilib, 650ga yaqin ish oʻrni yaratilgan.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...