Yangiliklar

Qurilish materiali sohasida 9 oy davomida 13 ta innovatsion loyihaga qariyb 17 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ ajratildi


23.10.2023 11:54

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan brifingda qurilish materiallari sohasida joriy etilayotgan ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalar haqida maʼlumot berildi.
         Qayd etilishicha, joriy yilning 9 oyi davomida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshidagi Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashiga jami 60 dan ortiq innovatsion loyihalar kelib tushgan. Ushbu loyihalardan jami 30 tasi ekspertlardan tomonidan maʼqullanib, shundan 13 tasiga qariyb 17 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ ajratilgan.
         “Nanotsellyuloza yordamida yogʻoch materiallarni yopishtirish uchun ekologik toza yelimlarni ishlab chiqarish”, “Issiqlik elektrostansiyalarining sanoat chiqindilaridan foydalanib, yangi innovatsion qurilish materiali – zolobeton bloklari ishlab chiqarish”, “Karbid kremniy materialiga asoslangan import oʻrnini bosuvchi yuqori haroratga chidamli olovbardosh plitalar ishlab chiqarish”, “Faol mineral va kimyoviy qoʻshimchalar bilan klinkerni mexanik aktivatsiyalash asosida yuqori mustahkamlikka ega portlandsement ishlab chiqarish”, “Innovatsion texnologiyalar hamda mahalliy xom ashyo asosida keramogranit plitalar ishlab chiqarishni kengaytirish” kabi loyihalar shular sirasiga kiradi.
         Shu bilan birga, “taʼlim – fan – ishlab chiqarish” tizimi doirasida 17 ta korxonada ilm-fan yutuqlarini joriy etildi. Bu borada “Stroykarat DPK” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyatida organik chiqindilar asosida gidrofoblash va stabillash taʼsiriga ega sirt faol moddalar olish texnologiyasi ishga tushirilgan boʻlsa, asosida solingan boʻlsa, “SE HOVSES” korxonasida bino va inshootlarning seysmik va yongʻin xavfsizligini kontaktsiz zarba usuli bilan tadqiq etish yoʻlga qoʻyildi.
         Brifingda yana yigirmaga yaqin innovatsion loyihalar “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshidagi Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashiga kiritilgani maʼlum qilindi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda 28 ta Davlat standart loyihasi ishlab chiqilgani aytib oʻtildi.
Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 24.10.2023 11:56  
up