Все Кредиты
Joriy yilning 18-yanvar kuni “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Oʻzsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda “Respublika qurilish materiallari sanoatining 2023-yil tahlili va sohadagi oʻzgarishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda mutasaddilar, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Prezidentimizning 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank qurilish materiallari ishlab chiqarishni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlarning tizimli borishida masʼul hisoblanadi.
Oʻtgan davr mobaynida bank tomonidan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda masʼul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini yangi bosqichga koʻtarish, tarmoqni rivojlantirish imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Natijada, 2023-yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 2022-yilga nisbatan 111,5 foizga oʻsib, 34,2 trln. soʻmga yetdi. Sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi 5,9 foizni tashkil etdi.
Jumladan, 38 mln. kv. m. qurilish oynasi, 87,1 mln kv. m. gipsokarton, 15,5 mln. tn. sement, 42,0 mln. kv. m. keramik plitka kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Oʻtgan yilda sohada jami 2,1 mlrd. dollarlik investitsiyalar, shundan 1,3 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.
Hisobot davrida tarmoqdagi eksportyor korxonalar tomonidan 53 ta davlatga 65 turdagi mahsulot eksport qilindi. Jami eksport hajmi 645 mln. dollar boʻlib, uning katta qismi Qozogʻistonga (qariyb 35 foizi) amalga oshirildi. Shu bilan birga, Tayland, Belgiya, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya kabi davlatlar bozorlari ham oʻzlashtirildi.
Anjuman davomida hukumatimiz tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun berilayotgan yengilliklar, xoʻjalik subyektlarining atrof-muhitga boʻlgan taʼsirini kamaytirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar xususida ham maʼlumot berildi.
2024-yildan sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasining kamaytirilgani tadbirkorlar uchun yanada qulaylik yaratishi taʼkidlandi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...