Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoatida energiya tejovchi mahsulotlarni ishlab chiqarish qoʻllab-quvvatlanmoqda


27.09.2023 19:04

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Milliy matbuot markazida Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Qurilish materiallari sanoatida investitsiya va eksport amaliyotlari tahlili” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda mutasaddilar, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda 2023-yilga moʻljallangan mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi, eksport-import koʻrsatkichlari, investitsiya loyihalari haqida toʻliq maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilda sanoat korxonalari tomonidan 35,3 trln soʻmlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 900 mln dollarlik eksport amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi asosida 1,7 trln soʻmlik mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Oʻtgan 8 oy mobaynida tarmoq korxonalari tomonidan 404 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja toʻliq bajarilgan. Bunda eksport nomenklaturasi metaldan buyumlar (90 mln dollarlik), keramik plitka va keramika buyumlari (44 mln dollarlik), alyumin profil va panellar (21 mln dollarlik), PVX profil, truba va fitinglar (46 mln dollarlik), quruq qurilish qorishmalari (32 mln dollarlik), gulqogʻoz (24 mln dollarlik), tabiiy pardozbop toshlar (16 mln dollarlik)ni tashkil etdi.

Joriy yilning oʻtgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi anʼanaviy hisoblangan bozorlar, yaʼni Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmanistondan tashqari, Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

2023-2025-yillarga moʻljallangan davlat investitsiya dasturi doirasida hududlarda shu yilning oʻzida jami 2,1 mlrd dollarlik 654 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,2 mlrd dollar xorijiy investitsiya va kreditlar jalb etiladi, 15 mingta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Yirik investitsiya loyihalari asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Fargʻona, Samarqand, Jizzax Navoiy, Namangan, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

Natijada sement, quvur va geosetkalar, keramogranit, burama mixlar, marmar, travertin va granit plitalari, temir-beton, keramik plitkalar, gipsokarton listlari, gazobeton va penobeton bloklari kabi qurilish materiallarining yangi turlarini oʻzlashtirishga erishiladi.

Anjumanda bugungi kunning dolzarb masalaridan biri – bu uy-joy va turli ijtimoiy obyektlarning energiya tejamkorligini taʼminlash borasida izchil ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Shu maqsadda issiqlik saqlovchi bazalt momigʻi va mineral plitalar ishlab chiqarish quvvatlari oshirilayotgani, xususan, "Bazalt Wool" MCHJda yillik quvvati 35 ming tonna, “Oʻzmetkombinat” AJda yillik quvvati 12 ming tonna va “Akfa Insulation” MCHJda yillik quvvati 30 ming tonna quvvatlardan samarali foydalanish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.


Bank Axborot xizmati




Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 04.10.2023 19:06  
up