Все Кредиты
Joriy yilning 27-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda jurnalistlarga 2023-yilda qurilish materiallari sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, tarmoqda ishlab chiqarish hamda eksport-import boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar xususida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanishicha, joriy yilda sanoat korxonalari tomonidan 35,3 trln. soʻmlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan, 1 mlrd. dollarlik eksport amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalliylashtirish dasturiga koʻra 1,7 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.
Tadbirda Prezidentimizning xorijiy mamlakatlariga davlat tashrifi doirasida import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga chet el investitsiyalarni jalb qilish maqsadida yetakchi kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd. 295 mln. dollarlik 44 ta memorandum va kelishuvlar imzolangani qayd etildi.
Joriy yilda eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha hukumat topshiriqlari asosida yagona yoʻl xaritalari tasdiqlangan.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va hududlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan jami 2,0 mlrd. dollarlik 465 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,2 mlrd. dollar xorijiy investitsiya va kreditlar jalb etiladi, 15 mingta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Bundan tashqari, hududiy dasturlarga asosan qurilish materiallari sohasi boʻyicha mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 118,5 mln. dollar boʻlgan 35 ta, Fargʻona viloyatida umumiy qiymati 321,7 mln. dollar boʻlgan 33 ta, Samarqand viloyatida 250,1 mln. dollar boʻlgan 69 ta, Jizzax viloyatida 224 mln. dollarlik 18 ta, Navoiy viloyatida 210,3 mln. dollar boʻlgan 41 ta, Namangan viloyatida esa 162 mln. dollarlik 38 ta loyiha ishga tushiriladi.
Jumladan, Navoiy viloyatidagi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida 126 mln. dollar investitsiya hisobiga klinker ishlab chiqarish hajmini yiliga 1,8 mln. tonnaga kengaytirish loyihasi (4-liniya) tatbiq etiladi. Natijada qoʻshimcha 40 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Toshkent shahrida esa, “Oriyent keramik” korxonasi tomonidan yillik quvvati 9,0 mln. kv.m boʻlgan import oʻrnini bosuvchi va eksportbop keramik plitkalar ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi zavod foydalanishga topshiriladi (loyihaning umumiy qiymati 60 mln. dollarga teng). Buning hisobiga 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Mamlakatimizning shimoliy hududi boʻlmish Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanida 65 mln. dollarlik investitsiya hisobiga “Qoraqalpoqsement” qoʻshma korxonasida yuqori sifatli sement ishlab chiqarishni 1,1 mln. tonnaga kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Mazkur loyiha boʻyicha 150 ta yangi ish oʻrni barpo etiladi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi sement, quvur va geosetkalar, keramogranit, burama mixlar, marmar, travertin va granit plitalari, temir-beton, keramik plitkalar, gipsokarton listlari, gazobeton va penobeton bloklari kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlar ishga tushiriladi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...