Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoatida sifat va nazoratga oid xalqaro standartlar joriy qilingan


21.06.2023 11:53

Qurilish materiallari sanoatida sifat va nazoratga oid xalqaro standartlar joriy qilingan

Joriy yilning 20-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Oʻzsanoatqurilishbank hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida “Qurilish materiallari ishlab chiqarish va qoʻllashda sifat va nazorat” mavzuida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda mutasaddilar, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shu yilning ikkinchi choragida qurilish materiallari sohasida jami 5,1 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, oʻsish 104,7 foizni tashkil etdi. Jumladan, 2,5 mln. tonna sement, 7,6 mln. kv. metr qurilish oynasi, 13,0 mln. kv. metr gipsokarton, 6,4 mln. kv. metr keramik plitka, 400 ming oʻram gulqogʻoz ishlab chiqarildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yilga moʻljallab tasdiqlangan sement ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi parametrlariga koʻra, joriy yilda 17,0 mln. tonna mahsulot ishlab chiqarish, shundan 7,6 mln. tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan. Joriy yilning birinchi choragida esa, bu koʻrsatkich 2,5 mln. tonna hajmida bajarildi.

Matbuot anjumanida yil yakuniga qadar 5,8 mln. tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi maʼlum qilindi. Bu bilan respublikada ushbu mahsulotni ishlab chiqarish quvvati 32 mln. tonnaga yetkaziladi.

Tarmoqda investitsiya dasturlarini amalga oshirish maqsadida 27 ta loyiha uchun 193,9 mln. dollar oʻzlashtirish belgilangan. Bu borada Prezidentimizning 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida joriy yilga moʻljallab ishlab chiqilgan manzilli dasturga binoan birinchi chorakda 17,7 mln. dollar oʻzlashtirilib, reja 100,8 foizga bajarilgan. Eʼtiborlisi, ushbu mablagʻlar hisobiga 9 ta loyihani ishga tushirish va 840 ta yangi ish oʻrnini yaratish koʻzda tutilgan.

Hisobot davrida 14,0 mln. dollarlik PVX profillar va trubalar, 8,1 mln. dollarlik alyumin profillar, 11,2 mln. dollarlik keramik plitka va keramika mahsulotlari, 8,3 mln. dollarlik quruq qurilish aralashmalari va sementdan bogʻlovchi materiallar, 9,7 mln. dollarlik oboy kabi qurilish materiallari eksportga yoʻnaltirilgan.

Tahlillarga koʻra, shu yil qurilish materiallari sohasida jami 35,3 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Shundan 1 mlrd. dollarlik mahsulotlar xorij bozorlariga chiqariladi.

Tadbirda qurilish materiallari sanoatida sifat va nazoratni kuchaytirish borasidagi ishlar yuzasidan ham maʼlumot berildi.

Shu maqsadida 1387 ta ISO va EN xalqaro standartlari joriy qilingani aytib oʻtildi. Bugungi kunda qurilish va qurilish materialllari sanoati sohasida talablar va sinash usullarini belgilovchi 2 797 ta standartdan 2 264 tasi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgani qayd etildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 21.06.2023 11:54  
up