Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoatida Turkiya bilan hamkorlik kengaytiriladi


07.02.2023 10:25

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasi Savdo ishlari boʻyicha maslahatchisi Ahmed Melih Horata bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida boshqa sohalar qatori qurilish materiallari yoʻnalishida ham ishonchli hamkorlik oʻrnatilgani, hozirda Turkiya sarmoyasi asosida yuzga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyat koʻrsatayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Shuningdek, oʻzaro tovar ayriboshlash koʻrsatkichlari ham yil sayin oshib bormoqda. Joriy yilda ikki davlat ishbilarmonlari hamkorligida bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Muloqot chogʻida tomonlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, jumladan, qurilish materiallari sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, eksport hajmini oshirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muzokara olib borildi. Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, bojxona. transport-logistikasi hamda eksport masalasida ham fikr almashildi.

Ahmed Melih Horata Oʻzbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishni yangi bosqichga koʻtarish borasidagi islohotlarga yuksak baho berdi. Kelgusida hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport koʻlamini oshirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 02.03.2023 12:25  
up