Yangiliklar

Qurilish materiallari sohasida kadrlar tayyorlash istiqbollari


04.04.2023 10:55

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Oʻzsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda qurilish materiallari sohasida kadrlar tayyorlash masalalari tahliliga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.

Tadbirda bugungi kunda sohada 140 mingdan ziyod mutaxassis faoliyat yuritayotganligi, shundan 80 foizi ishlab chiqarishdagi ishchi-xizmatchilar, 15 foizi muhandis va texnologlar, 5 foizi esa, maʼmuriy boshqaruv xodimlari ekanligi taʼkidlandi.

Qoʻshimcha ishchi resurslariga ehtiyoj 50 ming nafarni tashkil etadi. Uning asosiy qismini oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar, xususan, sement maydalovchi, klinker kuydiruvchi, mashinist, konchi, toshtarosh, shishasoz, operator va boshqalar egallaydi.

Oliy maʼlumotli darajada koʻproq kimyogar texnolog, muhandis va energetiklarga ehtiyoj yuqoriligi qayd etildi.

Ayni paytda mamlakatimizda qurilish materiallari sohasida 21 ta oliy taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlanmoqda. Muhandis-texnik yoʻnalishdagi oliygohlarda hududlardagi talab inobatga olinmoqda.

Brifingda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha ham maʼlumot berildi.

Turkiyaning Maltepe universiteti bilan hamkorlikda 2026-yilga qadar soha uchun kimyogar-texnolog, muhandis, energetik kabi muhim yoʻnalishlarda 10 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, sohaga mutaxassislar yetkazib berish va kadrlar zaxirasini yaratishda uyushma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, “IT Center” axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi malaka oshirish markazi kabi qator muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Tarmoqda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishda har yili 100 tagacha oʻrin ajratilmoqda.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2019-yildan buyon 160dan ziyod oʻrta maʼlumotli mutaxassisga tegishli tavsiyanoma berilib, ularning oliy taʼlim muassasaslarida tahsil olishi taʼminlangan.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 10.04.2023 10:56  
up