Все Кредиты
Ayrim ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali pandemiya davrida kreditlarning toʻlov muddatlarini uzaytirilishi yuzasidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB mijozlari tomonidan turli fikrlar bildirilmoqda. Mazkur murojaatlarni oʻrganish jarayonida baʼzan tushunmovchiliklar ham yuzaga kelayotganini inobatga olib Bank Axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi:
Bugungi kunda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankning tegishli qarorlariga koʻra mijozlarning kredit va foizlarini muddatini uzaytirish yuzasidan ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Bank kredit portfelidagi jami 3 809 ta tadbirkorlik subyektlarining 2,9 trln.soʻmlik muddati keladigan kreditlarga qoʻshimcha imtiyozli davr berilib, mos muddatlarga uzaytirildi.
Shuningdek, pandemiya cheklovlari tufayli faoliyati toʻxtab qolgan va ishga tushmagan loyihalar (uskunalar va oʻrnatish uchun mutaxassislar xorijdan yetib kelmagan, ishlab chiqarish jarayoni import qilinadigan xom ashyo va ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning realizatsiyasi eksportga bogʻliq loyihalar, turizm, maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim va boshqa) qarzdorlarning moliyaviy holati yomonlashgan loyihalar va toʻla quvvatda faoliyat yuritmayotgan moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan 1591 ta tadbirkorlik subyektlarining jami 502 mlrd.soʻmlik foiz toʻlovlariga imtiyozli davr berilib, keyingi davrlarga uzaytirildi. Bunda pandemiya davrida yigʻilgan barcha kredit foizlarini bir vaqtning oʻzida yechib olishga yoʻl qoʻyilmasligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslar boʻyicha 109,3 mingta mijozning mart-sentyabr oylarida muddati keladigan 269,7 mlrd.soʻmlik muddati keladigan kreditlarga qoʻshimcha imtiyozli davr berilib, keyingi davrlarga toʻlovlari teng taqsimlandi.
Shuni ham alohida qayd etish joizki, pandemiya davrida ogʻir sharoitga tushib qolgan Bank mijozlarini qoʻllab-quvvatlash “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi diqqat markazidagi ustuvor vazifalardan biri ekanini, pandemiya cheklovlari faoliyatiga taʼsiri boʻlib turgan subyektlar boʻyicha mijozbay ishlash yoʻlga qoʻyilganini eslatib oʻtamiz.
Mazkur masala boʻyicha kredit ajratilgan filialga yoki Bosh bankka murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat uchun telefon: +99871 200 43 43
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...