Все Кредиты
Joriy yilning 24-sentyabr kuni poytaxtimizda O‘zbekiston respublika valyuta birjasi hamda Britaniyaning Refinitiv kompaniyasi hamkorligida «Banklararo valyuta va obligasiyalar bozorining rivojlanish istiqbollari» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank “O‘zbekistonda 20 yillik ishonchli hamkor” sovrini bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joiz, Refinitiv kompaniyasi moliya, soliq, iqtisodiyot va boshqa sohalarga dunyo bo‘yicha savdo amaliyotlarini bajarishda axborot-tahlil va dasturiy xizmat ko‘rsatuvchi yetakchi tuzilma sanaladi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mazkur kompaniyaning FX Trading (valyuta savdosini amalga oshirish bo‘yicha) platformasi yurtimiz tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib 1999-yilda joriy qilingan.
Konferensiyada Refinitiv mutaxassislari O‘zbekiston valyuta bozorini tahlil qilar ekan, mamlakatimiz moliya tizimida O‘zsanoatqurilishbankning faol ishtirokini alohida qayd etdi. Jahon moliya bozorida ishonchli hamkor sifatida e’tirof etib, rag‘batlantirdi.
Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijozlari va hamkor banklarga diling amaliyotlari sohasida keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim qilib kelmoqda. Hususan:
– Bank va mijozlarning valyuta mablag‘larini depozitlarga jalb qilish va joylashtirish;
– USD, EUR, JPY, GBP, RUB, CHF singari dunyoning asosiy valyutalari bilan valyutaviy derivativ operasiyalarini amalga oshirish;
– jahonning asosiy valyutalari bilan ichki va tashqi bozorlarda banknot operasiyalarini bajarish (Banknotes Trading);
– Jahon bozorlaridagi moliyaviy tebranishlar, valyuta kurslarining o‘zgarish tendensiyalari, tovar va xizmatlarning joriy narxlari haqida tezkor va aniq axborot berish shular jumlasidandir.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...