Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida tadbirkorlar bilan manzilli ishlash joylarda tashkil etilayotgan uchrashuvlar misolida samarali kechmoqda.
Bankning Samarqand hududiy boshqarmasida ishbilarmon doiralar vakillari bilan oʻtkazilgan muloqot chogʻida ham soha rivojiga oid koʻplab masalalar muhokama qilindi.
Samarqand shahrining turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish, chekka tumanlarda yangi loyihalarni ishga tushirish yuzasidan fikr almashildi.
– Tadbirkorlar ham xuddi boshqa soha vakillaridek doim oʻrganishda, izlanishda, shuning uchun bugungidek uchrashuvlarga doim tayyormiz, tez-tez tashkil etilishi tarafdorimiz, – deydi “Gulobod mebel”masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbariHozirqul Anorov. – Eʼtiborli tomoni, bank mutaxassislari universal, ulardan istalgan savolimizga javob ololamiz. Xizmat koʻrsatish sifati ham ilgarigi sharoitdan tubdan farq qiladi, yuqori darajada.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...