Yangiliklar

Sayyor uchrashuv ochiq muloqot maydoniga aylandi


20.09.2019 19:26

Sayyor uchrashuv ochiq muloqot maydoniga aylandi

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati ishtirokidagi aholi va tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlarning navbatdagisi 19-sentyabr kuni Toshkent shahrida Bankning Yashnaobod filialida bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘plab byurokratik to‘siqlar bartaraf etilmoqda.


Prezidentimizning joriy yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonda ham bu borada yana qator muhim vazifalar belgilandi.

Poytaxt aholisi hamda tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan sayyor uchrashuvda dastlab ushbu farmon mazmun-mohiyati, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida axborot berildi.

Bu borada Bank Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Saxi Annaklichev so‘z yuritib, O‘zsanoatqurilishbank tizimida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda olib borilayotgan ishlarni aniq misollar va ko‘rsatkichlar doirasida ifodaladi.

Xususan, zamonaviy bank mahsulotlari, interaktiv xizmatlar, soddalashtirilgan tartibdagi kreditlar, keng turdagi xorijiy kredit liniyalar, shuningdek, mijozlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil tushuntirildi.


Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir davomida tadbirkorlarning o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflari ham tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganilishi lozim deb topilgan masalalar filiallar rahbarlariga shaxsan o‘z nazoratiga olish uchun topshirildi.

Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli “Cho‘tka o‘quv ishlab chiqarish” korxonasining ichimlik suvini qayta ishlab, ma’danli suv ishlab chiqarish, “Lotus Gold” korxonasining savdoni moliyalashtirish yo‘nalishida xorijiy kredit liniyalaridan foydalanish, “Barchinoy-Toshkent” korxonasining aylanma mablag‘larni to‘ldirish masalalari ko‘rildi va qisqa muddatda o‘rnatilgan tartibda hal qilinishi kelishildi.

Tadbirda bankning Toshkent shahar mintaqaviy filiali hamda uning tasarrufidagi barcha filiallari mas’ul rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up