Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati hududlarda bo‘lib, tadbirkorlar uchun sayyor uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Joriy yilning 15-avgust kuni navbatdagi uchrashuv Bank Boshqaruv Raisi ishtirokida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 23-iyul va 2-avgust kunlari Prezidentimiz boshchiligida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirib, tadbirkorlarni ularning butun faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashi, o‘z mijozlari bilan haqiqiy ma’noda biznes-hamkor sifatida ishlashi lozimligi ta’kidlangan edi.
Shuningdek, yig‘ilishda xalqaro kredit liniyalari mablag‘larini tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb qilish, ularni o‘zlashtirish borasida mamlakatimizning har bir hududi kesimida takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tijorat banklarida tashkil etilgan “Investitsiya markazlari” orqali bu kreditlarning yo‘nalishlari va shartlari to‘g‘risida har bir mijozga to‘liq ma’lumot berish zarurligi qayd etildi.
Sirdaryolik tadbirkorlar uchun shu maqsadda tashkil qilingan uchrashuvda Bank mutasaddilari tomonidan ishtirokchilar e’tiboriga yangi bank xizmatlari, jumladan, kreditlar va xorijiy kredit liniyalar, shuningdek sohaga berilayotgan imtiyozlar xususida keng tushuncha berildi.
Bank qoshida tashkil etilgan Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, markaz xodimlari muntazam ravishda joylarga chiqqan holda hududlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan loyiha tashabbuskorlarini aniqlash va ularning investitsion loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishga ko‘maklashayotgani ta’kidlandi.
Sayyor qabulda ellikdan ziyod tadbirkorlik sub'yektlari vakillari ishtirok etdi. Unda soha vakillari oldida turgan muammolar chuqur o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etildi, tegishli tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvdan so‘ng viloyatdagi bir qator loyihalarga tashrif buyurilib, tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi.
Bank rahbariyati ishtirokidagi tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...