Siz tadbirkormisiz? Sizga xorijdan sifatli, ishonchli hamda arzon uskuna va jihoz kerakmi?
04.10.2018 10:04
Unda hech ikkilanmay “O‘zsanoatqurilishbank”ka murojaat qiling! Biz Sizga eng maqbul yechimni topishda ko‘maklashamiz.
“O‘zsanoatqurilishbank” xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan investitsion loyihalarni moliyalashtirishni taklif etmoqda.
Xususan:
Yevropa banklari kredit liniyalari (Sredit Suisse, Raiffeisen Bank International AG, Landesbank Baden-Wuerttemberg, Commerzbank, KFW Ipex-Bank):
Kredit maqsadi - kichik biznes sub'yektlariga import shartnomasi asosida texnologik uskunalar sotib olish uchun kreditlar ajratish;
ishlab chiqaruvchi mamlakat - Yevropa hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga a’zo mamlakatlar;
kredit bo‘yicha yillik foiz stavkasi - 7-9 foiz;
liniya bo‘yicha import shartnomasining minimal miqdori - 2 million Yevro/AQSh dollar;
xorijiy bankning moliyalashtirishdagi ulushi - import shartnomasining maksimum 85 foizi miqdorida.
Turkiya Eksimbanki kredit liniyasi:
Liniya maqsadi - kichik biznes sub'yektlariga import shartnomasi asosida texnologik uskunalar sotib olish uchun kreditlar ajratish;
ishlab chiqaruvchi mamlakat - Turkiya Respublikasi;
liniya bo‘yicha import shartnomasining minimal miqdori - 100 ming Yevro/AQSh dollari;
liniya bo‘yicha foiz stavkasi - 7-10 foiz;
kreditning maksimal muddati - 7 yil;
imtiyozli davr - 12 oygacha;
Xorijiy bankning moliyalashtirishdagi ulushi - import shartnomasining maksimum 85 foizi miqdorida;
Koreya Eksimbanki kredit liniyasi:
Liniya maqsadi - kichik biznes sub'yektlariga import shartnomasi asosida texnologik uskunalar va maxsus texnikalar sotib olish uchun kreditlar ajratish;
ishlab chiqaruvchi mamlakat - Koreya Respublikasi;
liniya bo‘yicha import shartnomasining minimal summasi - 100 ming AQSh dollari;
liniya bo‘yicha foiz stavkasi - 9-10 foiz;
imtiyozli davr - 6 oy;
xorijiy bankning moliyalashtirishdagi ulushi - kredit muddati 2 yilgacha bo‘lgan taqdirda - import shartnomasining 100 foizi; kredit muddati 7 yilgacha bo‘lgan taqdirda - import shartnomasining 85 foizi miqdorida.
Xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni “O‘zsanoatqurilishbank”ning istalgan filialidan (
https://uzpsb.uz/filials/), rasmiy veb-saytidan (
www.uzpsb.uz), shuningdek, quyidagi manzillardan olish mumkin:
Facebook: fb.com/uzpsb
Telegram: t.me/ UzSQB
Instagram: @/uzpsb
1010
Другие новости