Все Кредиты
Joriy yilning 17-may kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan bankning “SQB Kaizen teams” loyihasi ishtirokchilari va “SQB Ayollar klubi” faollari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.Voitov bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazildi.
Mamlakatimizda yoshlarga eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz boshchiligida uchinchi Renessans poydevorini yaratishda eng muhim boʻgʻin sifatida ham aynan yoshlar taʼlim-tarbiya maskanlari faoliyatini takomillashtirish, islohotlarda ular ishtirokini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ham ertamiz egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning sohaga oid bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish, shuningdek salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan turli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bankda tashkil etilgan “SQB Kaizen teams” va “SQB Ayollar klubi” ana shunday loyihalardan hisoblanib, bunda jamoa yoshlari orasidan eng kreativ xodimlarni tanlab olgan holda, rahbar kadrlar zaxirasini yaratish maqsadi ilgari surilgan.
Loyihaga koʻra ishtirokchilar uchun turli mavzularda treninglar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda mahalliy va xorijiy top-menejerlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Aziz Voitov boshchiligidagi uchrashuvda loyiha aʼzolari “Oʻzbekistonning investitsiya siyosatida banklar roli” mavzuyida maʼruza tinglab, mazkur yoʻnalishda davlat islohotlari hamda uning istiqbollari yuzasidan bilimlarini mustahkamladi.
Bundan tashqari, tadbir davomida yoshlar eʼtiboriga “Bank strategiyasi, uni ishlab chiqish mezonlari” yuzasidan taqdimot namoyish etildi.
Yoshlarining jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini oshirish borasida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...