Все Кредиты
Joriy yilning 21-22-fevral kunlari Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uchun Surxondaryo viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar Bank koʻmagida ishga tushirilgan korxonalar hamda moliya muassasasining savdo tarmoqlari faoliyati bilan tanishdi.
2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirish, xususan, qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga koʻpaytirish vazifasi belgilangan.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan mazkur tarmoqni rivojlantirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida 2022-yilda 570dan ziyod loyiha ishga tushirildi. Ularga jami 1,8 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya mablagʻlari jalb qilindi. Buning hisobiga 15 mingdan ortiq ish oʻrni yaratildi, 611 mln. dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Muzrabot tumanida yogʻoch-qirindili plitalar (DSP mahsulotlari) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SURXON KSP-GRAND” masʼuliyati cheklangan jamiyati tizimdagi yirik korxonalardan biri.
Press-tur dasturiga koʻra, OAV vakillari birinchi shu manzilga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Taʼkidlanishicha, korxona tomonidan 2020-yilda 205mlrd.864 mln. soʻmga teng yangi loyiha amalga oshirilgan. Bunda bank tomonidan ajratilgan kredit mablagʻi hisobiga chetdan yangi liniya keltirib oʻrnatilgan.
Natijada mahsulot sifati ortdi, ishlab chiqarish kengaydi, ishchilar soni 600 nafarga yetdi. Hozirda “SURXON KSP-GRAND” MCHJ tomonidan yiliga 150 ming kub yogʻoch-qirindili plitalar ishlab chiqarilmoqda. 12 ming dollarlik mahsulot qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda.
Maʼlumki, Taraqqiyot strategiyasidan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish ham alohida oʻrin olgan. Unda mutasaddilarga tumanlar salohiyatidan kelib chiqib loyihalar ishlab chiqish, tadbirkorlarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriqlar berilgan.
Oʻzsanoatqurilishbankning Surxondaryo Bank xizmatlari ofisi tomonidan barcha mijozlar qatori un va un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Business Capital” korxonasi ham qoʻllab-quvvatlanib kelinmoqda.
Press-tur davomida jurnalistlar mazkur jamiyatga tegishli un zavodi va non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda boʻlib jarayonlarni kuzatdi.
– Bank orqali 1 mln. 64 ming yevroga teng xorijiy kredit liniya hisobiga Turkiyadan texnologik uskunalar majmuini sotib oldik, – deydi “Business Capital” MCHJ taʼsischisi Husan Murodov. – Bu bilan xalqaro standartlarda mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik. Hozirda mahalliy va xorij bozoriga yiliga 54 million tonna mahsulot yetkazib beryapmiz. Un ishlab chiqarishda ajralayotgan bugʻdoy kepagini ham nes-nobud qilmasdan fermerlarimizga chorva ozuqasi sifatida topshirayapmiz.
“Business Capital” mahsulotlari sifat standartiga ega, quvvati jihatidan ham viloyatda yagona hisoblanadi. Korxonadagi liniyalar joriy yilning arel oyidan toʻliq ishga tushishi, shu orqali ishchilari soni 60 nafarga oshishi rejalashtirilgan.
Anʼanaga muvofiq, OAV xodimlari uchun Bank xizmatlari ofisida brifing tashkil etildi. Tadbirda mijozlarga xizmat koʻrsatishda belgilangan ustuvorliklar, natijalar va rejalar xususida axborot berildi.
– Sifatli xizmat – bu mijozlarni ochiq yuz va xushmuomalalik bilan kutib olishdan boshlanadi, – deydi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshligi Bahodir Arziqulov. – Texnik qurilmalar, dasturlar uzluksiz ishlashini taʼminlashga harakat qilamiz. Iqtisodiyotimizni yuksaltirishda muhim rol oʻynayotgan tadbirkorlarimizning birinchi talabini qanoatlantirish yoʻlida doim izlanishdamiz.
Brifingda oʻtgan yil Bankning Surxondaryo hududiy boshqarmasi tasarrufidagi sotuv tarmoqlari tomonidan mijozlarga yaratilgan qulayliklar samarasida ular bazasi 1,2 baravarga, shu jumladan, faol mijozlar bazasi 1,5 baravarga, kredit ajratish 2,2 baravarga, masofaviy bank mahsulotlaridan foydalanish 115 foizga ortgani qayd etildi.
Joriy yilda aholiga jami 75,5 mlrd. soʻm, yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlariga 175,76 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...