Yangiliklar

SQB – “Xalqaro pul oʻtkazmalari” boʻyicha eng faol bank


09.02.2023 10:17

Oʻzsanoatqurilishbank Xorazm mintaqaviy bank xizmatlar ofisi Markaziy bank Xorazm viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yilda “Xalqaro pul oʻtkazmalari” boʻyicha xizmat koʻrsatishda eng faol bank deb topildi.

Chakana bank xizmatlari bozorida xalqaro pul oʻtkazmalari eng ommalashgan xizmatlardan biri sanaladi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu yoʻnalishda aholiga “Western Union”, “MoneyGram”, “Contact”, “Unistream”, “Aziya Ekspress”, “Zolotaya Korona”, “RIA” kabi xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha xizmat koʻrsatilmoqda.    

Bankning Xorazm mintaqaviy Bank xizmatlari ofisi tomonidan 2022-yilda 84 mln. AQSH dollaridan ziyod oʻtkazmalar amalga oshirilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 3,3 baravarga ortgan.

Bunda 77 135 nafar mijoz shu turdagi xizmatdan foydalangan.

Eng koʻp oʻtkazma “Zolotaya Korona” tizimi orqali bajarilgan.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 09.02.2023 10:18  
up