Yangiliklar

SQB xodimlarining Lissabondagi mahorat saboqlari


25.11.2023 18:28

SQB xodimlarining Lissabondagi mahorat saboqlari

Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari uchun muassasaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida Lissabon (Portugaliya) shahriga xizmat safari uyushtirildi.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan KPMG xalqaro audit-konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda muassasaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirishda eng maqbul yoʻllarni aniqlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bank xodimlari KPMGning Portugaliya ofisida strategiyani aniqlash, shakllantirish va amalga oshirish mavzularida tashkil etilgan seminarlarda qatnashdi. 

“Santander” va “BPI” kabi yetakchi banklarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishdi. Yangi bozorlarni zabt etish hamda oʻsish strategiyalari boʻyicha portugaliklik mutaxassislar bilan fikr almashishdi.

Fan va texnologiyalar markazi (PACT)da mintaqaning IT dunyosi – texnologiyalar, dasturlar, startaplar, mutaxassislar, shuningdek sheriklik va strategik qoʻllab-quvvatlash borasida tajriba orttirishdi.
Safar chogʻida bank xodimlari texnologik sanoat yutuqlariga bagʻishlangan Butunjahon IT anjumani (“Web Summit”)da bevosita qatnashishga muvaffaq boʻlishdi.

Texnologiya, biznes va bank sohalaridagi soʻnggi tendensiyalar hamda innovatsiyalarni birlashtiruvchi ushbu maydondagi turli qiziqarli uchrashuvlar ham SQB xodimlari uchun manfaatli kechdi. Yevropa moliya bozori yetakchilari bilan uchrashuv, ekspertlar bilan suhbatda ular innovatsion biznes-modellar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirdi.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 28.11.2023 10:20  
up