Все Кредиты
Tashkent City xalqaro biznes markazida Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisini barpo etish uchun BREEAM sertifikatlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2018-yil 2-avgustdagi «Respublika hududlarida «Business city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, tuman va shahar markazlarining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, asosiy turistik yoʻnalishlarda zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek, respublika aholisi va mehmonlari uchun koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Tashkent City xalqaro biznes markazi barpo etilmoqda.
Oʻzsanoatqurilishbank mamlakatimizning zamonaviy tarixidagi ushbu noyob loyihada ishtirok etishdan chetda qolmadi.
Hozirgi vaqtda Bank tomonidan poytaxtimizda bunyod etilayotgan yirik biznes markaz hududida muassasa bosh ofisini qurish ishlari olib borilmoqda. Loyiha rejasiga koʻra, balandligi 161 metr va maydoni 81 076 metrga teng 33 qavatli bino barpo etilmoqda.
Bankning oʻz faoliyatiga «Green banking» tamoyillarini joriy etish maqsadida ana shu mazmundagi strategiya doirasida yangi binoni BREEAM (Building Research Establishment Environmental Assessment Method) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlash oʻrinliki, BREEAM sertifikatlashtirish – bu Buyuk Britaniyaning BRE Global tashkiloti tomonidan binolarning ekologik samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan yashil binolarni baholashga oid ixtiyoriy reyting hisoblanadi.
Binolar barpo etishning mazkur baholash usuli qurilish jarayonlaridagi barcha jihatlar, jumladan rejalashtirish, loyihalashtirish, qurilishni amalga oshirish va foydalanishga topshirish bosqichlarini qamrab olishi bilan ahamiyatlidir.
BREEAM sertifikatlashning asosiy afzalligi elektr energiya, suv kabi tabiiy resurslar hamda ekologik materiallarni samarali taqsimlashdan iborat boʻlib, u bino xodimlari uchun ekologik barqaror va xavfsiz atrof-muhit hamda ofis makonini shakllantiradi.
BREEAM baholash usuli bilan sertifikatlangan binolar ijarachilar uchun bozorda nisbatan jozibador koʻrinadi. Bu esa, qurilishning barcha bosqichlari yashil standartlarga qatʼiy muvofiqlikda amalga oshirilganligiga kafolat beradi.
Bank tomonidan mazkur loyihani moliyalashtirish uchun joriy yilning iyun oyida tarkibida Credit Suisse (Shveysariya), Citibank (Buyuk Britaniya), Xitoy Eksimbanki va Raiffeisenbank (Avstriya) kabi yetakchi xorijiy banklar boʻlgan konsorsiumi bilan kredit bitimi imzolandi.
Bitim Credit Suisse koʻmagida amalga oshirilib, u tuzilmaviy bank, tashkilotchi va agent sifatida ishtirok etdi. Citibank, Raiffeisenbank va Xitoy Eksimbanki bitimning tashkilotchilari sifatida qatnashdi.
Xitoyning Sinosure eksport-kredit sugʻurta korporatsiyasi tomonidan sugʻurtalash Bankka jozibador shartlarda moliyalashtirishni jalb qilish imkonini berdi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...