Все Кредиты
Oʼzsanoatqurilishbank tashabbusi bilan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subʼektlari uchun onlayn seminar tashkil etildi.
Prezidentimiz boshchiligida pandemiya sharoitining milliy iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirish, bu borada xususiy sektorni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bank tizimida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari uchun koʼproq yengilliklar yaratishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Muassasaning mintaqaviy filiallari mijozlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda seminarlar tashkil etilib, bugungi kun sharoitida tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritishning tashkiliy, huquqiy va moliyaviy masalalari haqida zarur tushunchalar berilmoqda.
Toshkent viloyatida tashkil etilgan onlayn muloqotda ham pandemiya sharoitida tadbirkorlarga yangi biznes loyihalar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish, karantin davrida soliq toʼlovlari boʼyicha koʼzda tutilgan imtiyozlar, bankning kredit va onlayn xizmatlari, shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasining moliyaviy koʼmagi xususida tushunchalar berildi.
Zoom platformasi orqali oʼtkazilgan onlayn seminar mashgʼulotlari Bank va “SQB Consult” mutasaddilari bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi vakillari tomonidan olib borildi.
Bank Аxborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...