Все Кредиты
Joriy yilning 21-dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, bank va uyushma rahbariyati, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, mahalliy sanoat mahsulotlarining sifati bozor talablariga mos kelishi shart. Bu uning xaridorgirligini, korxonaning esa barqarorligini taʼminlaydi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar qatorida mahalliy sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, bunda trening dasturlaridan keng foydalanish masalalari aniq belgilab berildi.
Hujjatga muvofiq, shu kunga qadar Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.
Bank hamda Turkiyaning Maltepe universiteti oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida mazkur universitet filialini ochish va mamlakatimizda qurilish sektorini rivojlantirish uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida memorandum imzolandi. Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda mehnat qilayotgan muhandis va texnologlar uchun dastlabki seminar oʻtkazilib, unga koʻra, yurtimiz tadbirkorlariga Turkiya Maltepe universitetining maxsus sertifikatlari topshirildi.
“OʻzqurilishmaterialLITI” ilmiy tadqiqot va injiniring markazi bilan hamkorlikda tadbirkorlar va manfaatdor aholi vakillari uchun qurilish materiallari va ularni ishlab chiqarish bilan bogʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan 65 turdagi amaliy-uslubiy qoʻllanmalar chop etilib, barcha hududlarga keng tarqatildi.
Tadbirda Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazining tashkil etilishi ushbu yoʻnalishdagi ishlarning yana bir amaliy ifodasi ekanligi taʼkidlandi.
Markaz faoliyati tadbirkorlik subyektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilishga oʻqitish hamda ularga yanada keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
U yerda mashgʻulotlar zamonaviy oʻquv dasturlari va yangi taʼlim metodlari asosida 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi. Buning uchun oʻquv markazi zarur taʼlim vositalari va oʻquv qurollari bilan taʼminlandi, yetarli adabiyotlar fondi shakllantirildi.
Markazda oʻquv kurslari jami 72 soatga moʻljallangan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 40 nafar tinglovchini qamrab olish imkoni mavjud.
Oʻquv markazi faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasi muntazam oshirib boriladi, ilgʻor arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasi kengaytirilib, ishlab chiqarishda xalqaro standartlar keng joriy etiladi.
Shuningdek, markaz boʻlajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirishga, ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga xizmat qiladi.
Ochilish marosimida soʻz olganlar “Tadbirkorlar maktabi”, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmogʻi uchun yangi texnologiyalar va innovatsiyalar markaziga aylanishini taʼkidladilar.
Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan izlanishlar davom ettirilishi qayd etildi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...