Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank mobil ilovasi – «UzPSB Mobile»ning veb talqini ishga tushirildi.
«Mening bankim» deya nomlangan ushbu tizim bankning jismoniy shaxs maqomidagi mijozlariga mo‘ljallangan bo‘lib, u internet tarmog‘iga ulangan kompyuter orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.
Bunda mijoz bank tomonidan olingan UzCard plastik kartasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan yoki «UzPSB Mobile» ilovasiga ulangan bo‘lishi lozim.
Ushbu sahifa orqali quyidagi amaliyotlarni amalga oshirish mumkin:
- kartadan kartaga pul o‘tkazmalari;
- kommunal xizmatlar;
- uyali aloqa operatorlari;
- TShTT va boshqa shahar telefon tarmoqlari;
- internet provayderlari;
- telefoniya;
- raqamli televideniya;
- va boshqa joylardagi to‘lovlar.
Sahifaning “Kreditlar” bo‘limida olingan kreditlarni so‘ndirish, overdraft kreditini olish hamda onlayn rejimida mikroqarz kredit turini rasmiylashtirish imkoni mavjud.
“Omonatlar” bo‘limi orqali mijoz bank tomonidan onlayn rasmiylashtirish asosida taqdim etilayotgan omonat turlari haqida ma’lumot olishi, ularni onlayn rejimida rasmiylashtirishi mumkin.
“Konversiya” bo‘limida esa mijoz UzCard plastik kartasidagi milliy valyuta (so‘m)ni Visa konversion kartasi hisob raqamini to‘ldirish hisobiga konversiya qiladi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...