Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari zilzilaning kelib chiqish sabablari, uning oqibatini kamaytirish hamda zilzila paytida toʻgʻri harakatlanish boʻyicha oʻqitildi.
Bank tizimida xodimlarni favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan turkum seminarlar tashkil etib kelinadi.
Xususan, Prezidentimizning joriy yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoni ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Zilzila, uning kelib chiqish sabablari, zilzilalar oqibatlarini kamaytirish, zilzila paytida toʻgʻri xarakatlanish” mavzusida oʻquv seminarlar oʻtkazildi.
Bosh bank hamda mintaqaviy tarmoqlardagi fuqaro muhofazasi boʻyicha masʼul xodimlar uchun Fuqaro muhofazasi institutining Zilzilani imitatsiya qilish markazida amaliy mashgʻulotlar ham tashkil etildi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...