Yangi foydalanuvchilar uchun onlayn-banking xizmatlaridan 6 oy davomida foydalanish - bepul
01.04.2020 15:51
Shu kunlarda, koronavirus tarqalishi xavfi tufayli, masofadan ishlash formati, ayniqsa, dolzarb boʻldi.
Shuning uchun bugundan boshlab barcha yangi foydalanuvchilar uchun onlayn-banking xizmatlariga ulanish va undan dastlabki 6 oy davomida foydalanish - bepul!
⠀
Yuridik shaxslar uchun “Bank-mijoz” hamda “Mobil bank” nomli qulay tizimlar orqali barcha zarur operatsiyalarni oson va tez amalga oshirish mumkin:- Hamkorlarning istalgan bankdagi boshqa hisob raqamlariga toʻlovlarni amalga oshirish;
- Toʻlov hujjatlarini bankimiz tizimi ichida 24/7 rejimida yuborish;
- Xodimlaringizning kartalariga maoshlarini koʻchirish;
- Hisobingizdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot olish;
- Kreditlarni soʻndirish, kommunal toʻlovlarni toʻlash va boshqalar.
Hatto eng ogʻir vaziyatda ham biz bilan bari oson!
474
Другие новости