Все Кредиты
Joriy yilning 6-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan mamlakatimizda sement, temir-beton ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.
Bugungi kunda respublikamizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 32 ta korxona mavjud. Ularning yillik quvvati 26,0 mln tonnaga yetkazilgan. Joriy yilning yanvar-may oylari davomida esa, ushbu korxonalar tomonidan 5,5 mln tonna mahsulot ishlab chiqarilgan (oʻsish 102,8 foiz). Bunda eng koʻp sement yirik korxonalardan biri – “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib berilgan (1 mln 216 ming tonna).
Brifingda, shuningdek, “Ohangaronsement” AJ (700,0 ming tonna), “Xuaksin sement Jizzax” MCHJ (700,0 ming tonna), “Bekobodsement” AJ (483,0 ming tonna), “Sherobod sement zavodi” (194,0 ming tonna), “Surxonsement invest” XK (180,0 ming tonna) kabi korxonalar tomonidan ham ishlab chiqarish sermahsul borgani taʼkidlandi.
Joriy yilda korxonalar tomonidan jami 17,0 mln tonna sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yil boshidan buyon birja savdolarida sotilgan sement hajmi 1 mln 176 ming tonnaga teng.
Yil yakuniga qadar yana qator loyihalarni tatbiq etish natijasida ushbu turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini 5,8 mln tonnaga oshirish koʻzda tutilgan. Shu orqali respublika boʻyicha jami quvvatlar qariyb 32,0 mln tonnaga yetkaziladi. Eʼtiborlisi, mahalliy korxonalar tomonidan asosan 400 va 500 markali sement ishlab chiqarilgan.
Tadbirda mamlakatimizda qurilish koʻlami kengayib borayotgani sari quyma va temir betonlarga boʻlgan talab ham yildan-yilga oshayotgani qayd etildi.
700 dan ortiq temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritib, ularning yillik quvvati 6,5 mln kub metrni tashkil etadi.
Mazkur yoʻnalishda respublikada eng yirik korxona – bu “Binokor temir-beton servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatidir. Zavodda yiliga 411 ming 250 kub metr quyma, 107 ming 880 kub metr temir-beton mahsulotlari tayyorlanadi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi “Mobile beton service”, poytaxtimizdagi “Durable beton”, “Saffir qurilish montaj”, “BETONOVAT”. “RWS OPTIMUM”, “Chilonzor beton savdo” kabi korxonalar ham ilgʻor ishlab chiqaruvchilar sanaladi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...