Все Кредиты
2019-yilning 16-mart kuni O‘zsanoatqurilishbank jamoasi Toshkent shahar hokimligi tomonidan e’lon qilingan “Yashil tashabbus” aksiyasida qatnashib, poytaxt ekotizimini barqarorlashtirishga munosib hissa qo‘shdi.
Yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida barcha maskanlarni obod etib, ona tabiatga mehr-e’tibor qaratish azaliy an’analardan biridir.
Shu munosabat bilan O‘zsanoatqurilishbank jamoasi poytaxtimiz go‘shalariga o‘zgacha fayz kiritish hamda hudud iqlimini mo’tadil saqlash maqsadida “Yashil tashabbus” aksiyasida faol ishtirok etdi.
Bunda Bank rahbariyati hamda yosh xodimlardan tarkib topgan mehnat jamoasi Toshkent shahri Shayxontohur tumanida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parki hududiga 250 ga yaqin manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlarini o‘tqazdi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, «Oqlon» texnoparkini barpo etish hukumatimiz tomonidan O‘zsanoatqurilishbank va «PSB Capital» investitsiya kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, hozirda ushbu hududda qurilish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.
– Navro‘zda millatimizga xos qadriyatlar tiklanadi, – dedi Yoshlar ittifoqining O‘zsanoatqurilishbankdagi Yetakchilar kengashi raisi Jasurbek Matnazarov. – Xususan, bayram arafasida ommaviy hashar tashkil etilib, mahallalar, ko‘chalar, aholi turar-joylari obodonlashtiriladi, ariq-zovurlar tozalanish barobarida turli ob'yektlar ham tartibga keltiriladi. Bugun Bankning bosh ofisida faoliyat yurituvchi 100 nafarga yaqin xodimi ezgu maqsadda tashkil etilgan “Yashil tashabbus” aktsiyasida qatnashib, tobora yaqinlashayotgan ulug‘ ayyom - Navro‘zni munosib kutib olishga o‘z hissamizni qo‘shdik.
Ma’lumot. “Yashil tashabbus” aksiyasi joriy yilning 25-martiga qadar davom etadi. Uning doirasida 410 mingga yaqin mevali va manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari ekilishi, xiyobon va guzarlar landshaft dizayni asosida ko‘rkamlashtirilishi mo‘ljallangan. Buning uchun shahar bo‘ylab 2 mingdan ziyod ko‘ngilli jalb qilingan.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...