Yangiliklar

YETTB “Idea” uchun 22 mlrd. soʻmlik kredit kafolatini taqdim etadi


17.05.2023 18:13

Joriy yilning 17-may kuni Samarqandda oʻtkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik anjumani doirasida YETTB “Tavakkalchilikni taqsimlash” dasturi asosida Oʻzsanoatqurilishbankning chakana savdo yoʻnalishidagi mijozlaridan biri – “Idea” kompaniyasiga maishiy texnika va elektronika doʻkonlari tarmogʻini yanada rivojlantirish maqsadida 22 mlrd. soʻmlik kredit kafolati taqdim etildi.

“Idea” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha dastlabki kredit bitimi 2022-yil 29-sentyabrda (hajmi – 44 mlrd. soʻmlik) imzolangan edi.

Joriy hujjat bilan kompaniyaning aylanma mablagʻlarini toʻldirish va Oʻzbekistonda chakana savdo tarmogʻini kengaytirish uchun yangi transh yoʻnaltirildi. YETTBning dasturdagi ishtiroki 20 mln. dollarni tashkil etadi.

Dastur xususida toʻxtalib, uning maqsadi mamlakatda kichik va oʻrta biznes subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilganini, amalga oshirilayotgan loyiha esa, YETTBning Bank tomonidan har bir taqdim etilgan mijozi loyihasida paritet asosda 7 yilgacha boʻlgan muddatga tavakkalchilikni (birgalikda moliyalashtirish yoki kafolat berish yoʻli bilan) oʻz zimmasiga olishga tayyorligini ifodalaydi.

Kredit shartlari YETTB bilan kelishilgan holda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan belgilanadi. Kreditlarni boshqarish va monitoring qilish vazifasi ham mahalliy bank mutaxassislari tomonidan hal qilinadi. Risklarni taqsimlash dasturi doirasida kreditlar xorijiy (AQSH dollari va yevro) va milliy valyutada taqdim etiladi.

Bankning “Tavakkalchilikni taqsimlash” dasturida ishtiroki loyihalarni moliyalashtirishda xatarlarni taqsimlash va yuqori investitsiya reytingiga ega xalqaro moliya instituti – YETTB tomonidan kredit kafolatlarini qabul qilish orqali iqtisodiy kapitaldan samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, bu Bank mutaxassislarining loyihalarni monitoring qilishda kredit takliflarini shakllantirish, moliyaviy tahlil, modellashtirish hamda risklarni baholash sohasida koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 17.05.2023 18:14  
up