Все Кредиты
Bugun, 2019-yil 28-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bankning 2018-yilgi faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, o‘tgan yil davomida bankni dunyoning eng ilg‘or tajribalari asosida ish yuritadigan moliya tashkilotiga transformatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bank infratuzilmasi zamonaviy jihozlandi, IT texnologiyalari modernizatsiya qilindi, mijozlarga xalqaro standartlarda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur sa’y-harakatlar natijasida Bank faoliyati barqarorligi yanada oshirildi. Xususan, daromadi 2017-yilga nisbatan 1,5 barobarga, sof foyda 2,8 barobarga ortdi. Sof foyda xajmi bo‘yicha respublikamiz banklari orasida 8-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarilib, birinchi uchlikka kiritildi.
Bank aktivlarining rentabelligi 0,5 foizdan 0,9 foizga, kapital rentabelligi 6,5 foizdan 10,2 foizga ko‘tarildi. Bank kapitali 1,3 barobarga, depozit bazasi 1,5 barobarga oshirilishi natijasida 2018-yilda kapital yetarliligi va likvidlik bo‘yicha barcha me’yorlarga to‘liq rioya qilindi.
Tadbirda O‘zsanoatqurilishbank tarixida ilk bor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ajratilgan hamda chakana kreditlar hajmi keskin darajada oshganligi ma’lum qilindi. Ya’ni, kichik biznes sohasiga ajratilgan kreditlar 10,6 barobarga, chakana kreditlar 2,7 barobarga ortgan.
Qayd etilishicha, bu bank kredit portfelini diversifikatsiya qilishga hamda kredit qo‘yilmalari daromadligini oshirishga imkoniyat yaratdi.
Kredit portfeli ilk marotaba bir yilda 7,1 trln. so‘mga oshirildi.
Shuningdek, hisobot davrida Bank foizsiz daromadi ham 1,8 barobarga oshdi. Mijozlar soni 5,5 mingtaga ko‘payib, hisob-kassa xizmatlaridan daromadlar 1,2 barobarga ortdi.
Yig‘ilish davomida aktsiyadorlar e’tiboriga hisobot yilida amalga oshirilgan ishlar xususida videolavha namoyish etildi.
O‘zsanoatqurilishbankni 2019-2021-yillarda rivojlantirish strategiyasi, chunonchi, transformatsiya ishlarini davom ettirgan holda, aktivlar va passivlarni diversifikatsiyalash, korporativ boshqaruv va risk-menejmenti tizimini xalqaro andozalarga moslashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, 2019-2021-yillarda Bankda axborot texnologiyalarini modernizatsiyalash hisobiga barcha ish jarayonlari avtomatlashtiriladi, yangi innovatsion xizmatlar joriy qilinadi, masofadan ko‘rsatiladigan xizmat turlari yanada ko‘paytiriladi.
Respublikada birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish ob'yektlarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga va energiya tejamkorlikni oshirishga qaratilgan “Green Banking” xizmatlari joriy qilinadi.
Bu borada Bank qator xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy konsalting kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...