Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan buyuk mutafakkirlar, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat targ‘iboti guruhi a’zosi, “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri Axtamquli Karimov ishtirok etdi.
Prezidentimiz raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerakligi ta’kidlandi. Boy madaniy merosimizni xalqimiz va jahonga keng tanishtirish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
“Bir asrning ikki dahosi” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy tadbirda Navoiy va Bobur ilmiy-ijodiy merosining milliy davlatchiligimiz va xalqimiz ma’naviy tafakkurining shakllanishida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.
– Xususan, Alisher Navoiy ijodida vatanparvarlik, komil inson tarbiyasi, odob-axloq mezonlari bilan birga, farovon jamiyat, adolatli boshqaruv g‘oyalari aks etgan bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida saltanatni idora etishda xalq xohish-irodasini inobatga olish, ularning manfaatlarini ko‘zlab ish tutish alohida urg‘ulangan, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat targ‘iboti guruhi a’zosi, “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri Axtamquli Karimov. – Shu jihatdan ushbu ikki buyuk alloma asarlaridagi milliy va umuminsoniy g‘oyalar bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan xalqparvar siyosatga mafkuraviy asos ekanligini qayd etish joiz.
Tadbirda so‘z olganlar, shuningdek Navoiy hamda Boburning hayoti va ijodi hamisha xalqimiz uchun yaratuvchanlik borasida shaxsiy ibrat bo‘lishini ta’kidladi.
Bank Axborot xizmati
Joriy yilning 9-10-noyabr kunlari Toshkent viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi tomonidan sportning 4 ta turi boʻyicha ...
SQB Toshkentdagi muhtasham “Humo Arena” sport majmuasida oʻtkazilgan aralash jang san’ati (MMA) boʻyicha birinchi jahon ...
Shu kunlarda yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek ...