Все Кредиты
2021 yil 21 sentyabr' SQB jamoacining yosh va shijoatli xodimlaridan biri – Yunusobod filiali Kreditlarni boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Xumoyun Pardaev uchun unutilmas kun bo‘ldi. Chunki aynan shu kuni qahramonimiz grant asosida Germaniyaning "Johannes Gutenberg-Universitat Mainz" Universiteti Magistratura ta'lim dasturining "Xalqaro iqtisodiyot" yo‘nalishida talabalikka qabul qilindi.
Xumoyun bundan 3 yil avval Bankning "Internship" loyihasi asosida Yunusobod filiali Yuridik shaxslarini kreditlash bo‘limiga 1-toifali mutaxassis lavozimiga ishga qabul qilingan.
U faoliyatining boshidanoq zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajaradigan, hamkasblariga doim yordam qo‘lini cho‘zadigan, o‘ta mas'uliyatli, umidli xodim ekanligini namoyon etdi. Intiluvchanligi, yangi bilim va tajriba to‘plashga doim tayyorligi bilan ajralib turdi.
Xususan, "KHISO" olimpiadalar maktabi bilan hamkorlikda SQB xodimlari o‘rtasida matematika va mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn olimpiadada ham faxrli 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, Bankning "SQB Zakovat" intellektual o‘yini 1-o‘rin g‘olibidir.
“Xalqaro iqtisodiyot” yo‘nalishidagi o‘quv jarayoni 2 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu davr davomida Xumoyun Germaniyaning yetakchi bank va moliya tashkilotlarida amaliyot o‘tash va Bankimizga katta tajriba bilan qaytishni maqsad qilgan
Joriy yilning 9-10-noyabr kunlari Toshkent viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi tomonidan sportning 4 ta turi boʻyicha ...
SQB Toshkentdagi muhtasham “Humo Arena” sport majmuasida oʻtkazilgan aralash jang san’ati (MMA) boʻyicha birinchi jahon ...
Shu kunlarda yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek ...