Все Кредиты
Joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy tadbir o‘tkazildi.
Konstitutsiya hamda davlat ramzlari Vatan timsoli sifatida hamisha aziz va muqaddas sanalgan. Ular milliy davlatchiligimiz asosi, xalqimiz orzu intilishlari hamda an’ana va qadriyatlari mahsuli, qolaversa, mamlakatimiz taraqqiyoti poydevori hisoblanadi.
Dastavval tadbirda yangi tahrirdagi Bosh Qomusimiz haqida so‘z borib, u jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangani bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.
– Joriy yilning 30-aprel kuni inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimiz umumxalq referendumida namoyon etib, yangilangan Konstitutsiyamiz qabul qilindi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta o‘qituvchisi Diyorbek Ibragimov. – Ushbu oliy darajadagi qonunimizda fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligi va gullab-yashnashini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi. Mamlakatimizning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida rivojlantirish yanada mustahkamlandi.
– Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi xalqimizning yangi sharoitda hayot kechirishiga xizmat qiladi, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti dots.nti, yuridik fanlari nomzodi, huquq ustuvorligi bo‘yicha xalqaro ekspert Serikbek Muratayev. – Birgina bank tizimiga oid normalarning ko‘paygani, ushbu o‘zgartirishlar bilan sohaning mustaqilligi, erkinligi ta’minlangani, katta vakolat va imtiyozlar berilgani fikrimizga dalildir. E’tiborlisi, aynan aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatishga doir normalar mijozlarning faqatgina omonatlari haqidagi ma’lumotlari sir saqlanishini emas, balki bank tizimi bilan bog‘liq barcha amaliyotlari ular ruxsatisiz ochiqlanmasligini kafolatlagan. Bu bilan fuqarolarga o‘z mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqi berilgan. Bir so‘z bilan aytganda, Bosh Qomusimiz mamlakatimiz bank tizimining yangi bosqichga ko‘tarilishiga va shu orqali sohaning xalq orzu istaklari ruyobiga xizmat qilishiga muhim zamin yaratdi.
Tadbirda Davlat madhiyasining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Madhiyaga chuqur ehtirom ko‘rsatish har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi ekanligi ta’kidlandi.
Bank Axborot xizmati
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida "O‘zsanoatqurilishbank"ning filiall ...
Joriy yilning 5-7-noyabr kunlari O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning shu yil 5 iyundagi “O‘zbekis ...
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorli ...