Yoshlar siyosati

Jasurbek Matnazarov «O’zsanoatqurilishbank» ATB tizimida Yoshlar ittifoqining Etakchilar kengashi raisi etib saylandi


10.10.2017 10:35

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni va “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori doirasida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va “O’zsanoatqurilishbank” ATB o’rtasida O’zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti faoliyatini tashkil etish to’g’risida qo’shma qarori qabul qilindi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda “O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisi va uning hududlardagi filiallarda Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilotlari Etakchilar kengashi faoliyati yo’lga qo’yildi.

Ushbu qo’shma qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Bankning hududlardagi filiallarining yosh xodimlari ishtirokida joriy yilning 9 oktyabr  kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zsanoatqurilishbankdagi Etakchilar kengashi faoliyatini tashkil etish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda tashkiliy masala ham ko’rilib, O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zsanoatqurilishbankdagi Etakchilar kengashi raisi va kengash a'zolari saylandi.

Yig’ilishda yosh xodimlarning ko’pchilik ovozi bilan Bankning yuridik boshqarma bosh mutaxassisi Jasurbek Shuhratovich Matnazarov O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zsanoatqurilishbankdagi Etakchilar kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, yoshlar orasidan ochiq ovoz berish yo’li bilan Ramazanov Lazizbek Ismailovich va Urazimbetova Gul zar Kobeysinovnalar Bank Etakchilar kengashining a'zolari etib saylandi.

Etakchilar kengashi o’z faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yosh xodimlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shuningdek yot g’o larga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, yosh xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni hamda bank tizimida xizmat qilayotgan yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini ilgari surib boradi.

“O’zsanoatqurilishbank” ATB Axborot xizmati





Другие новости

22.10.2024 10:16:42
Shoh va mot!

Kuchli shaxmatchi bo‘lish uchun uzoqni ko‘ra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddat ...

30.06.2024 15:55:06
O‘zsanoatqurilishbank rahbari va yoshlar uchrashuvi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi ...

22.05.2024 14:14:10
O‘zsanoatqurilishbank yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori

O‘zsanoatqurilishbank "Yoshlarni kasbga yo'naltirish" loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha doirasida tur ...


Дата последнего обновления: 23.08.2020 11:11  
up