Yoshlar siyosati

Oʻzsanoatqurilishbank chempion!!!


20.11.2017 16:34

Joriy yilning 18 va 19-noyabr kunlari “Ipak yoʻli”ATIB, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Markaziy bankning tashabbusi bilan yosh xodimlar oʻrtasida Banklararo mini-futbol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB xodimlaridan tarkib topgan guruh faxrli I oʻrinni egalladi.

Ushbu musobaqa 2 kun davomida Respublikamizning 16 ta tijorat banklari oʻrtasida 4 guruhga boʻlingan holda oʻtkazildi va barcha jamoalar oʻzlarining bor jismoniy va aqliy salohiyatini ishga solgan holda ishtirok etishdi.

Musobaqaning II oʻrini Asakabankka nasib etgan boʻlsa, III oʻrin Aloqabank va Ipotekabanklar oʻrtasida taqsimlandi.

Ushbu tadbir OAV orqali jamoatchilikda keng yoritilib borildi.

Mazkur musobaqani tashkil etgan va koʻtarinki ruxda oʻtishini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatgan “Ipak yoʻli” ATIBga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Banklarning Yetakchilar kengashi raislari tomonidan doimiy ravishda sportning boshqa turlari boʻyicha ham shunday musobaqalar oʻtkazib borilishiga kelishib olindi.





Другие новости

22.10.2024 10:16:42
Shoh va mot!

Kuchli shaxmatchi bo‘lish uchun uzoqni ko‘ra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddat ...

30.06.2024 15:55:06
O‘zsanoatqurilishbank rahbari va yoshlar uchrashuvi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi ...

22.05.2024 14:14:10
O‘zsanoatqurilishbank yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori

O‘zsanoatqurilishbank "Yoshlarni kasbga yo'naltirish" loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha doirasida tur ...


Дата последнего обновления: 23.08.2020 10:58  
up