Все Кредиты
Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki koʻmagida har yili anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgan Banklararo spartakiada joriy yildagi mavsumini boshlab oldi.
Mamlakatimiz Mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab sportning yetti turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur sport tadbiri shu kungacha yurtimiz tijorat banklari xodimlarini badminton hamda stol tennisi ustida birlashtirdi.
Oldinda barcha banklar jamoalarini basketbol, voleybol, suzish, katta tennis, mini-futbol hamda banklararo futbol turnirlari kutib turibdi.
Musobaqalarda “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Taʼkidlash joiz, Banklararo spartakiada jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishni amalga oshirish, bank xodimlarining sportga qiziqishi va eʼtiborini kuchaytirib, ularning ishdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, gʻalabaga boʻlgan intilish va ishtiyoqini kamol toptirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va mehnat samaradorligini oshirish maqsadida oʻtkazib kelinmoqda.
Joriy yilda spartakiada oʻn uchinchi bor tashkil etilmoqda.
Kuchli shaxmatchi bo‘lish uchun uzoqni ko‘ra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddat ...
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi ...
O‘zsanoatqurilishbank "Yoshlarni kasbga yo'naltirish" loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha doirasida tur ...