Yoshlar siyosati

Oʻzsanoatqurilishbank mehnat jamosi Samarqand va Buxoro shaharlarida


12.03.2018 21:14

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBdagi Yetakchilar kengashi hamda Bankning kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “ Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzsanoatqurilishbankning Bosh ofisi va Toshkent shahrida joylashgan barcha filiallarining 150 nafar xodimlari oila aʼzolari bilan birgalikda 10-11-mart kunlari “ Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida Bank hisobidan Samarqand va Buxoro shaharlariga jamoaviy tarzda 2 kunlik ziyorat-turizmi amalga oshirildi.

Ushbu ziyorat-turizmi Bank xodimlarining maʼnaviyati va vatanparvarlik tuygʻusini yanada yuksaltirish, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Ziyorat-turizmi dastavval Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning memorial majmuasini ziyorat qilishdan boshlanib, qurʼon tilovat qilindi.

Bundan tashqari, Samarqand shahrining zamonaviy meʼmorchiligi va tarixiy obidalariga, xususan, Registon ansamli, Goʻri Amir maqbarasi, Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi va boshqa qadamjolarga ziyorat amalga oshirildi.

Shundan soʻng, ziyorat-turizmi qadim Buxoro shahrida davom ettirildi. Turizm ushbu muqaddas zaminda qoʻnim topgan yetti buyuk avliyo – pirlar qabrlaridan biri Xoja Abduholiq Gʻijduvoniy qabrlari joylashgan maskanni ziyorat qilishdan boshlandi.

Sayohatning ikkinchi kunida Bank xodimlari Buxoroda joylashgan tarixiy qadamjolari, xususan, Bohovuddin Naqshband ziyoratgohi, qadimiy “Ark” qoʻrgʻoni, Minorai Kalon, “Mir Arab” madrasasi, Labi hovuz kabi meʼmoriy obidalar ansambllari, Buxoro shahrining boshqa qadimiy obidalari va goʻzal arxitekturasi, ushbu zaminning oʻziga xos milliy anʼanalari bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida Oʻzsanoatqurilishbank xodimlarining oilaviy tarzdagi ichki turizmi Navroʻz bayrami arafasida ham davom ettiriladi.





Другие новости

22.10.2024 10:16:42
Shoh va mot!

Kuchli shaxmatchi bo‘lish uchun uzoqni ko‘ra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddat ...

30.06.2024 15:55:06
O‘zsanoatqurilishbank rahbari va yoshlar uchrashuvi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi ...

22.05.2024 14:14:10
O‘zsanoatqurilishbank yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori

O‘zsanoatqurilishbank "Yoshlarni kasbga yo'naltirish" loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha doirasida tur ...


Дата последнего обновления: 23.08.2020 10:50  
up