Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich 1975 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Turkmaniston xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2008 yilda Yaponiya Kobe universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Valyuta-iqtisodiyot bo‘limi yetakchi iqtisodchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh iqtisodchisi, sho‘’ba mudiri lavozimlarida ishlagan.
2000-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Markaziy bank huzuridagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha agentligi” Jahon banki loyihasining maslahatchisi, bosh buxgalter, direktor o‘rinbosari, Markaziy bank Moliya departamenti direktori, Davlat-tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini muvofiqlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.
2018-2019 yillarda "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari
2019-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari
2020 yil martdan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlangan.
Bank Boshqaruvi Raisi S.Annaklichev Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga quyidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratini amalga oshiradi:
- Yuridik departament;
- Xodimlarni boshqarish departamenti;
- Ijro nazorati departamenti;
- Axborot xizmati;
- Birinchi boʻlim;
- Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti;
- Ichki audit departamenti ish faoliyatini muvofiqlashtirish.
Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li 1985-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini, 2010-yil mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bo‘limini “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
2004-yildan 2018-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Eksport-import va barter shartnomalarni ro‘yxatga olish va qayd qilish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Yakkasaroy filiali Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, Pul muomalasi va kassa operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i, filial boshqaruvchi o‘rinbosari-Front ofis boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Yangiobod filiali Front ofis boshlig‘i-boshqaruvchi o‘rinbosari, Yangiobod filiali boshqaruvchisi, Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi v.b., Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi hamda Toshkent viloyat bo‘limi boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
A.Akbarjonovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyati 2018-yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori lavozimidan boshlangan.
2019-yilning noyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit direktori (SSO), 2020-yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
Bank Boshqaruvi Raisining birinchi oʻrinbosari A.Akbarjonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Gʻaznachilik departamenti;
- Bankni strategik rivojlantirish departamenti;
- Bank transformatsiyasi markazi;
- Biznes tahlil markazi;
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti;
- Aktiv va passivlarni boshqarish hamda Investitsiya qoʻmitalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish;
- Korporativ maslahatchi, Korporativ boshqaruv xizmati, “SQB Consulting” MCHJ va “SQB Insurance” MCHJ faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Sh.Yakubov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Korporativ biznes departamenti;
- “GREEN BANKING” departamenti;
- Bank nomidan kafolat va kafilliklarni imzolash;
- Kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qilish.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Z.Azimov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Tranzaksion banking departamenti;
- Xalqaro moliya institutlari va banklar bilan ishlash departamenti;
- “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlik qilish.
Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari A.Ergashev quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamenti;
- Operatsion departament;
- Maʼmuriy xoʻjalik departamenti;
- Metodologiya boshqarmasi;
- “SQB Capital” MCHJ faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari U.Tavakkalov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Chakana biznes departamenti;
- Kichik va oʻrta biznes departamenti;
- Chakana xizmatlarni qoʻllab-quvvatlash departamenti;
- Marketing departamenti;
- Axborot texnologiyalari departamenti.
XAMIDOV AKMAL AKRAMOVICH 1982 yilda Samarqand viloyati, Urgut shahrida tug‘ilgan. 2005 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini “xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “moliya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005 yilda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar markazi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
2006 yildan 2008 yilgacha AQSHning Boston shahridagi Brandeis Universiteti talabasi, 2008 yildan 2009 yilgacha “The Next Round Inc.” Kompaniyasida (AQSH) Biznes tahlilchi, 2009 - 2011yillarda “Everest Pro” kompaniyasida (AQSH) Biznesni rivojlantirish va moliyaviy tahlilchi,2011-2016 yillarda “PricewaterhouseCoopers” (PwC) kompaniyasida (AQSH) yetakchi tajribali mutaxassisi,guruh rahbari (Senior Associate).
2016-2017 yillarda “Sanofi” kompaniyasida (AQSH) Ichki audit boʻlimi biznes va axborot tahlili boʻyicha boshqaruvchisi, 2017-2019 yillarda “JPMorgan & Chase” Bankida (AQSH) Korporativ va investitsiya boʻlimi vitse prezidenti lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Risk bosh direktori (CRO) Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv Raisi maslahatchisi (shartnoma asosida) lavozimda ishlab kelmoqda
Risk bosh direktori (CRO) A.Xamidov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Risk menejment departamenti;
- Komplayens-nazorat departamenti.
Fuqarolar og`zaki arizalarini ko'rib chiqish:
Tel: (+998 78) 120-45-01