Bank tarixi

O‘zsanoatqurilishbank tarixi – bu uning oʻn yillar davomida doimiy rivojlanish davridir. O‘zbekistondagi eng qadimgi banklardan biri sifatida uning faoliyati qator o‘zgarishlar, qayta nomlash hamda takomillashtirishdan o‘tdi va mijozlari uchun hamisha ishonchli sherik va mamlakat moliyaviy-iqtisodiy hayotining faol ishtirokchisi bo‘lib qoldi.

1922-1925

  • “O‘zsanoatqurilishbank “ ATB 1922-yil 28-oktyabrda Toshkentdagi savdo-sanoat bankining O‘rta Osiyodagi idorasi sifatida tashkil etilgan.
  • 1924-yil oktyabr oyida bank xalq xoʻjaligi tarmoqlarini moliyalashtirish hamda kreditlash uchun hukumat agenti sifatida ish boshladi.

1926-1932

  • Bank 1926-yilda Boʻzsuv gidroelektri stansiyasining qurilishini moliyalashtirdi.
  • 1932-yil may oyida Sanoatbank qayta tashkil etilib, capital qurilish va sanoatni moliyalashtirish uchun ixtisoslashtirilgan bankka aylandi.

1940-1960

  • Urush yillarida va 1960-yillarga qadar bank zavodlar qurilishida faol ishtirok etdi.
  • 1959-yilda Sanoatbank Qurilishbank deb nomlandi va mamlakatda qurilishni qoʻllab-quvvatlashda davom etdi.

1960 - 1980

  • Qurilishbank mamlakatda qurilishni qoʻllab-quvvatlashda davom etib, 1966-yildagi zilziladan soʻng Toshkentning vayron boʻlgan binolari va infratuzilmasini tiklash uchun moliyaviy koʻmaklashdi.

1981-2000

  • 1987-yilda Qurilishbankga Sanoatqurilishbank nomi berildi va xizmatlari kengaytirildi.
  • 1998-yilda bankning iqtisodiy islohotlardagi roli kuchaydi, hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini barqarorlashtirishga oid islohotlarida faol ishtirok etdi.

2001 - 2010

  • 2000-yillarning boshida O‘zsanoatqurilishbank energetika va neft-gaz tarmog‘idagi strategik loyihalarni moliyalashtirdi.
  • 2009-yilda u yana yangi nom – “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki deya ataldi.

2011-2020

  • 2018-yilda rebrending va biznes jarayonlarini takomillashtirish oʻtkazildi.
  • 2019-yilda O‘zsanoatqurilishbank mamlakat tarixidagi birinchi 300 million dollarlik korporativ evrobondlarni muomalaga chiqardi.
  • 2020-yilda yangi JOYDA mobil ilovasini ishga tushirdi, u bank xizmatlari va Marketpleys tarzida turli xil mahsulotlarni birlashtirdi.

2021-yildan hozirgi kungacha

  • 2020-yilda bank ekologik va ijtimoiy mas’uliyatli loyihalarni qoʻllab-quvvatlashni boshladi.
  • 2021 va 2022-yillarda oʻzining barqaror faoliyati uchun mukofotlarga sazovor boʻldi.
  • 2023-yilda bank O‘zbekistonda energiya tejamkor texnologiyalarni rivojlantirishdagi roli uchun YETTB tomonidan e’tirof etildi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.09.2023 09:47  
up