Mahsulotning maqsadi | Yosh tadbirkorlik subyektlarining yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida amalga oshiriladigan va boshqa innovatsion, startap hamda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha: - Bino-inshootlar sotib olish uchun - Asbob-uskunalar sotib olish - Maxsus texnika vositalari sotib olish uchun - Investitsion faoliyati bilan bog‘liq avtotransport vositalari sotib olish uchun |
Valyuta | Xorijiy valyuta (AQSh doll.) Milliy valyuta (so‘m) |
Muddati |
84 oygacha |
Foiz stavkasi | Milliy valyutada – yillik 14%
Xorijiy valyutada – yillik 3% |
Mahsulot bo‘yicha ta'minot
| Kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan miqdorda (Aloqador shaxslar uchun 130%) |
Mulkiy garov* | Kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan miqdorda Yoshlar sanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchunkredit summasining 85%idan kam bo‘lmagan miqdorda |
Dastlabki mulkiy garov | Kredit summasining 65%dan kam bo‘lmagan miqdorida(PQ-5088-sonli Qarorga asosan, 2023 yil 31 dekabrga qadar Yoshlar sanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun 25%dan kam bo‘lmagan miqdorida) Bunda, kredit taʼminoti uchun taqdim etiladigan mulkiy garovning qolgan qismi, yaʼni kredit summasining qolgan 60%dan kambo‘lmagan garov obyekti kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar mijoz nomiga rasmiylashtirilib, kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etiladi |
Nomulkiy ta'minot | Uchinchi yuridik shaxs kafilligi |
Kreditning maqsadi:
Valyuta:
milliy valyuta (so'm)
xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro)
Kredit muddati:
Foiz stavkasi:
Milliy va xorijiy valyutada AKB "O‘zsanoatqurilishbank" tizimida belgilangan minimal stavkalardan past bo‘lmaydi;
Maqsadli resurslar uchun normativ hujjatlarda belgilangan stavkalar qo‘llaniladi.Imtiyozli davr:
Kredit miqdori:
Kredit garovi:
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta'minoti (Aloqador shaxslar uchun 130%);
Kredit bo‘yicha dastlabki mulkiy garov kredit summasining 70%idan kam bo‘lmagan miqdorida, mulkiy garovning qolgan qismi, ya’ni kredit summasining 55%idan kam bo‘lmagan garov obyekti kredit hisobiga sotib olinayotgan asosiy vositalar mijoz nomiga rasmiylashtirilgandan keyin garovga olinishi mumkin. Bunda garovga taqdim etilgunga qadar sug‘urta polisi yoki kafillik taqdim etiladi. Mazkur shart bajarilmagan hollarda kredit mulkiy ta'minot miqdori kredit summasining 125%idan kam bo‘lmasligi lozim
Mulk garovining ruxsat etilgan turlari:
Bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar;
Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan; (Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan; (Bunda hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yilidan boshlab hisoblanadi)
Pul mablag‘lari;
Kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar.
Nomulkiy garovlarning ruxsat etilgan turlari:
To’lovga layoqatli yuridik shaxs kafilligi;
Kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ kafillgi;
1. Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI maʼlumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etiladi);
5. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot;
6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);
7. Faoliyat joyi bilan bog’liq kadastr yoki e-ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo’lmagan ijara shartnomasi taqdim etilishi lozim, e-ijaradan ro’yxatga olinmaydigan holatlar va autsorsing xizmati korxonalari bundan mustasno);
8. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
9. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
10. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
11. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
12. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
13. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar xam talab qilinishi mumkin.