All Credits
Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
Pasport yoki ID-karta
Sotib olish shartnomasi
Daromad to’g’risida maʼlumotnoma
SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Kreditning maqsadi
Yakka tartibdagi uy-joy qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun:
Kredit mablag‘lari xususiy pudrat tashkiloti, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo do‘koniga loyiha smeta hujjatlariga muvofiq bosqichma-bosqich quyidagi tartibda ajratiladi:
- boshlang‘ich badal miqdoridagi teng ishlar bajarilgandan so‘ng kreditning 50 foizigacha;
- ajratilgan kredit miqdoridagi ishlar bajarilgandan so‘ng kreditning 95 foizigacha;
- loyiha bo‘yicha ishlar to‘liq bajarilgandan so‘ng kreditning qolgan 5 foizi.
Bunda, har bir kredit ajratish bosqichida:
- mijoz va pudrat tashkiloti o‘rtasida bajarilgan ishlar yuzasidan dalolatnoma imzolangandan so‘ng, tegishli bank tarmog’idagi Kredit monitoring xizmati mas’ul xodimi joyiga chiqqan holda bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechiradi va fotosuratlar ilova qilingan holda maqsadlilik monitoring dalolatnomasini rasmiylashtiradi;
- mijoz qurilish materiallarini sotib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob faktura, yuk xati yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) taqdim qilingandan so‘ng, bank tarmog’idagi Kredit monitoring xizmati mas’ul xodimi joyiga chiqqan holda bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechiradi va fotosuratlar ilova qilingan holda maqsadlilik monitoring dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Kredit maksimal miqdori:
120 000 000 so’mgacha
Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:
15% dan kam bo’lmagan miqdorida
Kreditning maksimal muddati:
20 yil
Maksimal imtiyozli davr (differensial grafikda):
6 oygacha
To’lov usuli:
qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial
Foiz stavkasi:
18 % (MB stavkasi + 4 %)
Ta’minotga talablar:
ipoteka krediti hisobiga qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) va ta’mirlanayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa ko’chmas mulk garovi.
Agar qarz oluvchi tomonidan kredit olish vaqtida boshqa garov ta’minoti taqdim etilgan taqdirda, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng, kredit bo‘yicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi. (mazkur shart kredit shartnomasining tegishli bandida ko‘rsatilishi lozim)
Kredit qoplanishi:
ajratiladigan kredit summasining 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda. Bankka aloqador shaxslar bo‘yicha ta’minotning miqdori kredit summasining 130% dan kam bo‘lmagan miqdorda. (Kredit ta’minoti yetmagan qismiga kredit qaytarmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi taqdim qilinishi mumkin).
- ish haqi (kamida 6 oy);
- yoshga doir pensiya;
- shaxsiy yordamchi, dehqon xo‘jaligi, yakka tartibdagi tadbirkorlikning asosiy faoliyati bo‘yicha pul tushumlarining 10%(kamida 6 oy).