Все Кредиты
“Oʻzsanoatqurilishmaterialari” uyushmasida tashkil etilayotgan
“R&D tadqiqotlar markazi”ga malakali mutaxassislar tanlov asosida
ishga taklif etamiz!
SIZNING VАZIFАLАRINGIZ:
- Ilmiy tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida “aloqa zanjiri”ni ta’minlash;
- doimiy tarzda sohaning asosiy tadqiqot yo‘nalishlarini aniqlash yuzasidan tahlilar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;
- korxonalarning “texnologik muammolari”ni aniqlab borish, shakllantirish;
- sohaga aloqador oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining “tadqiqot portfoliosi”ni shakllantirish;
- tijoratlashtirishga tayyor ilmiy ishlanmalarni shakllantirib borish va korxonalarga taqdim etish;
- reyting beruvchi yirik agentliklar (THE - The higher education, QS - Quacquarelli symonds, Springer) tavsiyalari asosida tadqiqotlar natijalarini butun dunyoga e’lon qilib borish;
- olimlar bilan hamkorlikda dunyo tan olgan Scopus, Scimago, MDPI kabi bazalarda idekslanuvchi jurnallarda o‘z maqolalari bilan chiqish qilish.
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Oliy maʼlumot, kamida fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasi;
- qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yoki oliy taʼlim muassasasida (ilmiy tadqiqot institutlarida) kamida 5 yillik ish tajribasi;
- o‘zbek va rus tillarida erkin so‘zlasha olish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
- kreativ fikrlash, fikrini yozma va og‘zaki shaklda erkin va to‘g‘ri ifodalash, tanqidiy fikrlash qobiliyati;
- olimlar hamda ishlab chiqarish sohasi vakillari bilan birga muloqot qilish, muzokaralar olib borish qobiliyati.
Tanlov natijalariga muvofiq ishga qabul qilingan nomzodlar munosib ish xaqi bilan taʼminlanadi.
Oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotni (obyektivka) 2024-yil 3-iyun sanasiga qadar aquvondiqov@sqb.uz hamda +998945766900 raqamiga yuborishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun: “R&D tadqiqotlar markazi” qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati oldida turgan dolzarb texnologik masalalarga ilm-fan va tadqiqotlar ko‘magida yechim topish va bu borada soha olimlari salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilmoqda.
Markaz faoliyati, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari hamda olimlar o‘rtasida “aloqa zanjiri”ni ta’minlaydi, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining asoslangan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etishga xizmat qiladi.