DIQQAT, ISHGA TAKLIF ETAMIZ!


14.05.2024 10:16

“Oʻzsanoatqurilishmaterialari” uyushmasida tashkil etilayotgan
“R&D tadqiqotlar markazi”ga malakali mutaxassislar tanlov asosida

ishga taklif etamiz!

 

SIZNING VАZIFАLАRINGIZ:

- Ilmiy tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida “aloqa zanjiri”ni ta’minlash;

- doimiy tarzda sohaning asosiy tadqiqot yo‘nalishlarini aniqlash yuzasidan tahlilar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;

- korxonalarning “texnologik muammolari”ni aniqlab borish, shakllantirish;

- sohaga aloqador oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining “tadqiqot portfoliosi”ni shakllantirish;

- tijoratlashtirishga tayyor ilmiy ishlanmalarni shakllantirib borish va korxonalarga taqdim etish;

- reyting beruvchi yirik agentliklar (THE - The higher education, QS - Quacquarelli symonds, Springer) tavsiyalari asosida tadqiqotlar natijalarini butun dunyoga e’lon qilib borish;

- olimlar bilan hamkorlikda dunyo tan olgan Scopus, Scimago, MDPI kabi bazalarda idekslanuvchi jurnallarda o‘z maqolalari bilan chiqish qilish.

 

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

- Oliy maʼlumot, kamida fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasi;

- qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yoki oliy taʼlim muassasasida (ilmiy tadqiqot institutlarida) kamida 5 yillik ish tajribasi;

- o‘zbek va rus tillarida erkin so‘zlasha olish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);

- kreativ fikrlash, fikrini yozma va og‘zaki shaklda erkin va to‘g‘ri ifodalash, tanqidiy fikrlash qobiliyati;

- olimlar hamda ishlab chiqarish sohasi vakillari bilan birga muloqot qilish, muzokaralar olib borish qobiliyati.

 

Tanlov natijalariga muvofiq ishga qabul qilingan nomzodlar munosib ish xaqi bilan taʼminlanadi.

Oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotni (obyektivka) 2024-yil 3-iyun sanasiga qadar aquvondiqov@sqb.uz hamda +998945766900 raqamiga yuborishingiz mumkin.

 

Maʼlumot uchun: “R&D tadqiqotlar markazi” qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati oldida turgan dolzarb texnologik masalalarga ilm-fan va tadqiqotlar ko‘magida yechim topish va bu borada soha olimlari salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilmoqda.

Markaz faoliyati, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari hamda olimlar o‘rtasida “aloqa zanjiri”ni ta’minlaydi, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining asoslangan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etishga xizmat qiladi.





Boshqa yangiliklar

10/16/2026 05:42:26 pm
SQBda rejali texnik ishlar o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! 2026-yil 16-oktabr kuni soat 23:00 dan 17-oktabr kuni soat 02:00 ga qadar “O‘zsanoatquri ...

10/15/2026 04:57:29 pm
“Tayanch ipoteka” va “Eksport” kredit mahsulotlari shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Amaldagi kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilga ...

10/14/2026 06:21:33 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.05.2024 10:55  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит