Все Кредиты
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Prezidentimizning 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko‘ra, o‘tgan yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik doirasida amalga oshirishi belgilangan.
Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, rezidentlarning mamlakatimiz banklaridagi hisobvaraqlaridan ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish) hamda hajmidan qat’iy nazar ko‘chmas mulk sotib olish uchun o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi qayd etilgan.
O‘zsanoatqurilishbank tizimida yuqoridagi me’yoriy hujjatlar talablari hamda muassasaning risklarni baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, xalqaro bank kartalari (Visa, MasterCard) orqali amalga oshiriladigan 6211-raqamli qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik/dillerlik xizmatlarini ko‘rsatish toifasidagi MCC kodi (Merchant Category Code, ya’ni, sotuvchi faoliyat turi kodi) bilan bog‘liq chiqim operatsiyalari joriy yilning 18-yanvaridan, kirim qismi esa, 1-martdan to‘liq to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.