O'zbekistonda kripto aktivlaridan foydalanishdagi o'zgarishlar


06.02.2024 10:49

Hurmatli mijozlar va hamkorlar!

Prezidentimizning 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko‘ra, o‘tgan yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik doirasida amalga oshirishi belgilangan.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, rezidentlarning mamlakatimiz banklaridagi hisobvaraqlaridan ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish) hamda hajmidan qat’iy nazar ko‘chmas mulk sotib olish uchun o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi qayd etilgan.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida yuqoridagi me’yoriy hujjatlar talablari hamda muassasaning risklarni baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, xalqaro bank kartalari (Visa, MasterCard) orqali amalga oshiriladigan 6211-raqamli qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik/dillerlik xizmatlarini ko‘rsatish toifasidagi MCC kodi (Merchant Category Code, ya’ni, sotuvchi faoliyat turi kodi) bilan bog‘liq chiqim operatsiyalari joriy yilning 18-yanvaridan, kirim qismi esa, 1-martdan to‘liq to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.







Boshqa yangiliklar

10/07/2026 05:25:09 pm
SQBning ayrim bankomatlarida texnik ishlar olib borilmoqda

Texnik ishlar olib borilayotgani sababli “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning ayrim hududlardagi bankomatlari va ...

10/07/2026 10:21:51 am
«Istiqbol» kredit mahsuloti shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! «Istiqbol» kredit mahsuloti shartlari yangilan ...

10/06/2026 11:19:30 am
«Refinans» kredit mahsuloti shartlari yangilandi va yangi «Oila va yoshlar tadbirkori» mahsuloti ishga tushirildi

Hurmatli mijozlar! Kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun «Refinans» kredit mahsuloti shartlari y ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.02.2024 10:54  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит