Все Кредиты
"O`zsanoatqurilishbank" ATBning Toshkent shahridagi filiallarini yagona bank kodiga o`tkazish orqali optimallashtirish haqida
"O`zsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvining 2022 yil 9 iyundagi 70/3-sonli qaroriga asosan muassasa tizimida amalga oshirilayotgan transformasiya jarayoni doirasida mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish maqsadida Toshkent shahri mintaqaviy filiali, "Uchtepa", "Olmazor", "Shaxriston", "Sergeli", "Mirobod", "Qatortol", "Chilonzor", "Yashnobod", "rakat", "Labzak", "Al-Xorazmiy", "Mirzo Ulug`bek" nomli filiallari maqomi to'liq tugatilishi va "yagona MFO" texnologiyasi asosida bankning amaliyot boshqarmasiga o`tkazilishini va ushbu filiallar negizida mos ravishda "Toshkent shahri mintaqaviy" bank xizmatlari ofisi, shuningdek, "Uchtepa", "Olmazor", "Shaxriston", "Sergeli", "Mirobod", "Qatortol", "Chilonzor", "Yashnobod", "rakat", "Labzak", "Al-Xorazmiy", "Mirzo Ulug`bek" nomli bank xizmatlari markazlari tashkil etilishini ma`lum qilamiz.
Toshkent shahri mintaqaviy filiali, shuningdek, "Uchtepa", "Olmazor", "Shaxriston", "Sergeli", "Mirobod", "Qatortol", "Chilonzor", "Yashnobod", "rakat", "Labzak", "Al-Xorazmiy", "Mirzo Ulug`bek" filiallarining barcha mijozlari, korxona va tashkilotlar mazkur filiallar bilan bog`liq bo`lgan bank xizmatlari va boshqa munosabatlarni davom ettirish uchun xizmat ko`rsatuvchi tegishli filialga murojaat qilishlari yoki quyidagi raqamlarga qo`ng`iroq qilishlarini so`rab qolamiz:
Aloqa markazi: +99871-200-43-43; 1180