"O`zsanoatqurilishbank" ATBning Toshkent shahridagi filiallarini yagona bank kodiga o`tkazish orqali optimallashtirish haqida
"O`zsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvining 2022 yil 9 iyundagi 70/3-sonli qaroriga asosan muassasa tizimida amalga oshirilayotgan transformasiya jarayoni doirasida mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish maqsadida Toshkent shahri mintaqaviy filiali, "Uchtepa", "Olmazor", "Shaxriston", "Sergeli", "Mirobod", "Qatortol", "Chilonzor", "Yashnobod", "rakat", "Labzak", "Al-Xorazmiy", "Mirzo Ulug`bek" nomli filiallari maqomi to'liq tugatilishi va "yagona MFO" texnologiyasi asosida bankning amaliyot boshqarmasiga o`tkazilishini va ushbu filiallar negizida mos ravishda "Toshkent shahri mintaqaviy" bank xizmatlari ofisi, shuningdek, "Uchtepa", "Olmazor", "Shaxriston", "Sergeli", "Mirobod", "Qatortol", "Chilonzor", "Yashnobod", "rakat", "Labzak", "Al-Xorazmiy", "Mirzo Ulug`bek" nomli bank xizmatlari markazlari tashkil etilishini ma`lum qilamiz.
Toshkent shahri mintaqaviy filiali, shuningdek, "Uchtepa", "Olmazor", "Shaxriston", "Sergeli", "Mirobod", "Qatortol", "Chilonzor", "Yashnobod", "rakat", "Labzak", "Al-Xorazmiy", "Mirzo Ulug`bek" filiallarining barcha mijozlari, korxona va tashkilotlar mazkur filiallar bilan bog`liq bo`lgan bank xizmatlari va boshqa munosabatlarni davom ettirish uchun xizmat ko`rsatuvchi tegishli filialga murojaat qilishlari yoki quyidagi raqamlarga qo`ng`iroq qilishlarini so`rab qolamiz:
Aloqa markazi: +99871-200-43-43; 1180
Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun amaldagi «Refinans» kredit mahsuloti sh ...
Texnik ishlar olib borilayotgani sababli “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning ayrim hududlardagi bankomatlari va ...
Hurmatli mijozlar! «Istiqbol» kredit mahsuloti shartlari yangilan ...

