Все Кредиты
Hurmatli “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlari!
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz koʻchasi, 3 uy manzili boʻyicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.uzpsb.uz, e-mail: info@uzpsb.uz), Sizga 2020 yil 29 iyul kuni soat 11-00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/. orqali Bank Aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida qatnashingiz mumkinligini maʼlum qiladi.
YIGʻILISH KUN TARTIBI:
1. Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankning rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish.
2. Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.
3. Bankning 2019 yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini tasdiqlash.
4. Bankda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish va baholash natijalariga koʻra, 2019-2020 korporativ yil yakunlariga koʻra Kengash aʼzolariga mukofotning qolgan qismini toʻlash darajasini belgilash.
5. Bank foydasini taqsimlash va har bir Kengash aʼzosiga korporativ yil uchun toʻlanadigan mukofot va kompensatsiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.
6. 2020 yil 9 iyunda boʻlib oʻtgan Bank aksyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishida saylangan Bank Kengashi aʼzolarining vakolatlarini uzaytirish.
7. Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
8. Bank Boshqaruvi Raisi va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bir yil muddatga tuzish / uzaytirish.
9. 2020 moliya yili boʻyicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini belgilash.
10. “Bank Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom”ga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash.
11. “Bank Kengashi va Taftish komissiyasi aʼzolariga ragʻbatlantirish va kompensatsiya toʻlab berish toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash.
12. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish Tartibi”ni tasdiqlash.
Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/.) foydalangan holda 2020 yil 29 iyul soat 10:00 da boshlanib 11:00 da toʻxtatiladi.
Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...