2019 yil yakuni boʻyicha Aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida XABARNOMA (Masofadan)


09.07.2020 20:05

2019 yil yakuni boʻyicha Aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida XABARNOMA (Masofadan)

Hurmatli “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlari!

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz koʻchasi, 3 uy manzili boʻyicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.uzpsb.uz, e-mail: info@uzpsb.uz), Sizga 2020 yil 29 iyul kuni soat 11-00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/. orqali Bank Aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida qatnashingiz mumkinligini maʼlum qiladi.


YIGʻILISH KUN TARTIBI:

1.      Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankning rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish.

2.      Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.

3.      Bankning 2019 yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini tasdiqlash.

4.      Bankda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish va baholash natijalariga koʻra, 2019-2020 korporativ yil yakunlariga koʻra Kengash aʼzolariga mukofotning qolgan qismini toʻlash darajasini belgilash.

5.      Bank foydasini taqsimlash va har bir Kengash aʼzosiga korporativ yil uchun toʻlanadigan mukofot va kompensatsiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.

6.      2020 yil 9 iyunda boʻlib oʻtgan Bank aksyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishida saylangan Bank Kengashi aʼzolarining vakolatlarini uzaytirish.

7.      Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.

8.      Bank Boshqaruvi Raisi va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bir yil muddatga tuzish / uzaytirish.

9.      2020 moliya yili boʻyicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini belgilash.

10.    “Bank Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom”ga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash.

11.    “Bank Kengashi va Taftish komissiyasi aʼzolariga ragʻbatlantirish va kompensatsiya toʻlab berish toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash.

12.    “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish Tartibi”ni tasdiqlash.

  • Aksiyadorlarga yillik umumiy yigʻilishni oʻtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi:  2020 yil 9 iyul. 
  • Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2020 yil 23 iyul.
  • Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishga oid hujjatlar bilan bankning www.uzpsb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishingiz yoki info@uzpsb.uz elektron manzili orqali soʻrov yuborishingiz mumkin.

Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan  (http://evote.uz/.)  foydalangan holda 2020 yil 29 iyul soat  10:00 da boshlanib 11:00 da toʻxtatiladi.

Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.





    Boshqa yangiliklar

    10/09/2026 11:46:31 am
    Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

    Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

    10/07/2026 06:23:56 pm
    “O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

    Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

    09/30/2026 05:53:07 pm
    Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

    “SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


    Oxirgi yangilanish sanasi: 29.07.2020 10:21  
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит