Nufuzli xalqaro tadqiqot markazi — StartupBlink tomonidan «Corporate Startup Activity Index 2026» (Korporativ startap faolligi indeksi) hisoboti e’lon qilindi. Tadqiqot natijalariga köra, Özbekiston Markaziy Yevrosiyo mintaqasida 1-örinni, global reytingda esa 50-örinni egalladi. Poytaxt Toşkent şahri mintaqada yetakçilikni qölga kiritib, dunyo miqyosida 90-poğonadan joy oldi.
Hisobot doirasida mamlakat iqtisodiyotida startaplarni qöllab-quvvatlayotgan eng faol korporatsiyalar reytingi ham şakllantirildi. Unda Özsanoatqurilişbank (SQB) 81.160 ball töplagan holda milliy reytingda 2-örinni, jahonning TOP-400 talik korporatsiyalari orasida esa 398-örinni egalladi.
Tahlillarga köra, Özbekiston böyiça korporativ startap faolligining 100 foizi aynan fintex yönalişi hissasiga töğri keladi. Bunda korporatsiyalarning startaplar bilan işlaşdagi asosiy mexanizmlari sifatida kogort dasturlari (73,2%) hamda korporativ startap investitsiya dasturlari (26,8%) alohida qayd etilgan.
Özsanoatqurilişbank tomonidan sönggi yillarda fintex loyihalarni qöllab-quvvatlaş, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni bank amaliyotiga joriy etiş borasida tizimli işler amalga oşirilmoqda. Bank kelgusida ham istiqbolli startaplarni moliyalaştiriş va innovatsion taşabbuslarni rağbatlantiriş orqali mamlakat raqamli iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qoşişni maqsad qilgan.
“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...
Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...
“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştiroki ...
